TUMAN ADLIYa BÖLIMI XALQ XIZMATIDA
Mamlakatimizda ham butun dunyodagi singari ötgan 2020-yil pandemiya sababli qançalik köp qiyinçiliklar bölganiga qaramasdan, xalqimiz bu sinovlarni yil davomida mardonavor yengib ötdi. Barça muammolar hamjihatlikda hal qilinib, birgalikda yeçim topildi. Barça sohalardagi kabi tuman Adliya bölimi ham pandemiya şaroitida işlab, öz faoliyatini amalga oşirdi. Masofadan turib murojaatlar bilan işlaş, tarğibot tadbirlarni ötkaziş kabilar bölim faoliyatida yangilik böldi. Şularga qaramay, tuman Adliya bölimi yil davomida muayyan işlarni amalga oşirdi.
Bölimga 2020-yil davomida jami 200 ta ariza va şikoyat kelib tuşdi. Uşbu murojaatlarning 170 tasi ariza bölsa, 30 tasi şikoyatdan iborat. Kelib tuşgan murojaatlarning 191 tasi hal qilindi. Şulardan 117 ta ariza va şikoyatlar qanoatlantirildi. Rad etilgan, huquqiy tuşuntiriş berilgan arizalar 74 tani va taalluqliligi böyiça 4 tani taşkil qildi. Murojaatlardan 5 tasi körilmasdan qoldirildi.
2020-yil mobaynida bevosita şaxsiy qabulda jami 193 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Şundan 19 ta murojaat sayyor qabullar davomida kelib tuşdi. Işonç telefoni orqali kelib tuşgan murojaatlar 5 ta bölib, şundan 2 tasi qanoatlantirildi, 3 tasiga huquqiy tuşuntiriş berildi.
Bölim tomonidan norma ijodkorligi sohasida 2020-yil davomida qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan 30 ta taklif berildi. Xalq deputatlari tuman Kengaşining 2 ta, tuman hokimining 6 ta qarori huquqiy ekspertizadan ötkazildi. 2020-yil davomida jami 29 nafar fuqaroning manfaati böyiça kiritilgan arizalardan 24 tasi qanoatlantirildi. Kiritilgan daʼvo arizalarning 23 tasi fuqarolik sudlarga, 7 tasi maʼmuriy sudlarga kiritilgan bölib, kiritilgan daʼvo arizalar natijasida fuqarolarning pensiya, iş haqi, mansabdor şaxsning ğayriqonuniy xatti-harakatini bartaraf qiliş, farzandiga tuğiliş guvohnomasi oliş kabi masalalardir.
Kiritilgan daʼvo arizalar natijasida fuqarolar foydasiga jami 69 mln. 387 ming sömlik moddiy va maʼnaviy zararlar undirib berildi.
Bölim tomonidan yil davomida jami 84 ta idora va taşkilotlarda 75 ta örganiş va 61 ta monitoringlar ötkazildi. Şundan 3 ta örganiş ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qöllaş amaliyotiga, 63 tasi inson huquqlarini himoya qiliş sohasiga, 3 yuridik xizmat faoliyatiga va 6 tasi norma ijodkorligi sohasiga oid. Ötkazilgan örganişlarning 60 tasi murojaatlar asosida böldi. Ötkazilgan örganiş va monitoringlar davomida jami 7740 ta qonun buziliş holatlari aniqlandi.
Örganiş davomida aniqlangan mazkur qonunbuziliş holatlari böyiça idora va taşkilotlarga jami 97 ta taqdimnomalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 5 nafar şaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, 1 nafar mansabdor şaxsning qonunga xilof harakati, 19 ta ğayriqonuniy hujjat ijrosi töxtatilib, yana 10 ta hujjat bekor qilindi. Taqdimnomalar asosida fuqarolarning 1 mlrd. 183 mln. 679 ming söm pul mablağlari tölab berildi.
Maʼmuriy javobgarlikka tortiş yuzasidan 9 ta taklif berildi. Şundan töğridan töğri rasmiylaştirilgan bayonnomalar 5 tadan iborat bölsa, 4 nafar mansabdor şaxs yuzasidan tegişli idoralarga taklif berildi. Barça takliflar böyiça 9 nafar mansabdor şaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Bölim tomonidan yil davomida jami 43 ta davlat organlari va taşkilotlariga 63 ta Qonun, 471 ta Prezident Farmon va qarorlari, 608 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 276 tasi vazirlik va idoralarning buyruq va yöriqnomalari, jami 1450 ta qonun va qonun osti aktlari yetkazildi.
Fuqarolarning huquqiy onggi va madaniyatini oşiriş yuzasidan ötgan yil davomida ommaviy axborot vositalarida çiqişlar qilindi. Oğzaki huquqiy tarğibot 480 tani, körgazmali tarğibot 40 tani taşkil qildi. Yil davomida jami 843 ta tarğibot tadbirlari ötkazildi.
Alohida taʼkidlab ötiş joizki, bölimning tarğibot tadbirlari bu yilgi pandemiya şaroitini hisobga olinib, ijtimoiy masofaga qatʼiy amal qilgan holda taşkil etildi.
Barça harakatlarimiz xalqimiz uçun, aholining huquqiy manfaatlarini himoya qiliş uçun qaratilgan. Fuqarolarning qonunlarga hurmatini, adolat qaror topişiga işonçini mustahkamlaş, jamiyatda qonun ustuvorligi taʼminlanişiga, yurt taraqqiyotiga hissa qöşiş esa asosiy vazifamizdir.
M.Matyusupov, Amudaryo tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶