25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:33
Jamiyat 👁 184

KOʻNGIL-KOʻNGILLARDAN SUV IChGAN UChRAShUV

KOʻNGIL-KOʻNGILLARDAN SUV IChGAN UChRAShUV

Har bir kishining hayotida doʻst-birodarlarining oʻrni  juda muhim. Inson hayotining eng ogʻir damlarida doʻstlariga suyanadi, ularning mehridan, oqibatidan madad oladi, muammolariga birga yechim izlaydi. Doʻstlikni – iymon alomati ham deyishadi. Uning maskani koʻngil, u hech qanday mezon bilan oʻlchanmaydi. Haqiqiy doʻstlik har qanday manfaatlardan ustun turadi. Doʻstlar bilan hayot totli  va mazmunli boʻladi.

Inson hayoti davomida juda koʻp  odamlar qurshovida yashaydi, doʻstlar orttiradi. Biroq, begʻubor bolalik damlarini birga oʻtkazgan, olamcha hayrat va havas bilan birga maktab ostonasiga ilk qadam qoʻyib, birga ilm sirlarini oʻrgangan sinfdosh doʻstlarning  oʻrnini hech kim bosa olmaydi.

Ehtimol, maktablarni bitirib, har biri har yoqqa  sochilib ketgan sobiq sinfdoshlarning uchrashuvlari tobora anʼanaga aylanib borayotganligi shundan boʻlsa ajab emas.

Yaqinda Toʻlqin ovulida faoliyat yuritayotgan 33-sonli umumiy  oʻrta taʼlim maktabini bundan 20-yil muqaddam tugatib ketgan, 1983-yilda tugʻilgan sobiq oʻquvchilar ham oʻzlari taʼlim olgan maktabda uchrashuvga yigʻildilar. Ular 2 ta sinfda taʼlim olgan 58 nafar oʻgʻil-qizlar edilar. Maktab ostonasiga ilk qadam qoʻygan kunida ularni tajribali boshlangʻich sinf oʻqituvchilari Tursunboy Otajonov, Orzigul Gʻafurovalar iliq qarshi olib, qoʻllaridan tutib, harflarni yozishni, oʻqishni oʻrgatdilar.

Hali bolalik shoʻxliklarini tark etib ulgurmagan bolajonlarning barcha erkaliklarini, injiqliklarini bagʻrikenglik bilan kechirib, ilm dunyosi sari dadil qadam tashlashlariga erishgan, bugungi kunda barchasi hayotda oʻz oʻrinlarini topganlaridan koʻngli yuksalib yashayotgan mehridaryo ustozlari Orzigul Gʻafurova, Tursunboy Otajonov, sinf rahbarlari Rimboy Shomurodov, Pardabika Jumaniyozova, Jumagul Avazmurodova, maktab direktori Hanifa  Yaxshimova va boshqa oʻqituvchilar jamoasi ularni maktab ostonasida sogʻinch bilan qarshi oldilar.

Koʻzlarida hayajon, dillarida orziqish bilan kelgan sobiq sinfdoshlar ustozlari bilan salomlashib, omonlik soʻrashdilar.  Maktab direktori Hanifa Yaxshimova  barchani diydor lahzalari bilan qutladi. Keyin har bir sinf oʻquvchilari oʻzlarining ilk ustozlari bilan taʼlim olgan sinflariga kirishdi. Ustozlar sinf doskasiga kun mavzusini yozdilar: «Diydorlashuv!» Koʻngilga yaqin, samimiy, bunday quvonchli lahzalarda tillar koʻngil kechinmalarini soʻzlashga ojizlik qiladi.

Sobiq sinfdoshlar – mamlakatimizning turli burchaklaridan aynan shu uchrashuv uchun yetib kelgan bolalik doʻstlar avvalo oʻzlariga taʼlim-tarbiya bergan ustozlari – hayotdan bevaqt ketgan Amat Shomurodov, Sobir Xudanov, Ollambergan Muxtorov, Toʻlgʻonoy Navroʻzboyeva, Xadicha Jabborberganova, Muhammad Xudoyberganovlarni va aqlli, mehribon doʻstlari Begzod Mamutovlarni sukut saqlab, esga oldilar. Oʻzaro suhbatlardan,  maktab binosini sayr qilishdan soʻng, ushbu hududda istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilaga borib kundalik roʻzgʻor ehtiyojlari uchun ishlatiladigan mahsulotlarni xayriya sifatida topshirishdi va nogironligi boʻlgan bir fuqaroga qishki kiyim sovgʻa qildilar. Bundan ustozlari juda xursand boʻlishdi. Aslida bugun ushbu uchrashuvga yigʻilgan sinfdoshlar ustozlarining hurmatini, mehrini qozongan yigit-qizlar edi. Ular orasida Kenjaboy Ortiqov, Faxriddin Jumabekov, Munira Oʻrozboyeva, Shahlo Kazakboyeva, Bagʻila Davlatmurodovalar oʻzlari oʻqigan ushbu maktabda, ustozlari bilan yonma-yon, Dilfuza Tojimurodova, Sharofat Shomurodovalar esa 28-sonli maktabda oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berishmoqda.

Shuningdek, Gʻulomjon Eshalov, Mansur Vaisovlar ichki ishlar organlarida, Azamat Sobirov, Qurbonboy Erdoshevlar harbiy sohada xizmat qilishmoqda, Nazokat Qoʻchqorova esa ekolog. Sinfdoshlarning barchasi elda ibratli oilalar boʻlib yetishishgan.

Shoʻx bolalik davrlari, ustozlar saboqlari, oʻquvchilik hayotidagi esda qolarli voqealari haqidagi samimiy gurunglardan soʻng, uchrashuv Mangʻit shahridagi «Oʻzbegim» kafesida davom etdi. Kuy-qoʻshiqlarga shodon raqs tushayotgan ustozlar va sobiq sinfdoshlar ushbu uchrashuvdan oʻchmas taassurotlar oldilar. Koʻngillaridagi mehr-oqibat, doʻstlik rishtalari yanada mustahkamlandi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026