15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 08:08
Fan va taʼlim 👁 301

FAN OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR OʻQUVChILARNING ChET TILIGA QIZIQIShLARINI YaNADA OShIRDI

FAN OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR OʻQUVChILARNING ChET TILIGA QIZIQIShLARINI YaNADA OShIRDI

Kelajagimiz egalari boʻlgan yosh avlodning har tomonlama yetuk, barkamol, yuksak maʼnaviyatli, vatanparvar shaxslar boʻlib yetishishi yoʻlida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarda ularga taʼlim-tarbiya berayotgan pedagog xodimlarning yetarli bilim va mahoratga ega boʻlishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining kasb mahoratini tobora oshira borish, taʼlim-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida boʻlishini taʼminlash, ularning ijodiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Mamlakatimiz umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv yilining har bir oyi maʼlum fanlar oyligi sifatida belgilangani ham fan oʻqituvchilarining oʻquvchi-yoshlarga oʻz fanini qay darajada oʻrgata olganini, dars oʻtishdagi mahoratini sinovdan oʻtkazishga xizmat qiladi.

Tumanimizdagi 1-sonli maktabda ham noyabr – chet tillar fan oyligi  doirasida oʻqituvchilar mahoratini, bilimini, oʻquvchilarning chet tillarni qay darajada oʻzlashtirganliklarini yaqqol namoyon etgan koʻplab tadbirlar oʻtkazildi. Avval chet tillar uslub birlashmasining oylik mobaynida amalga oshiradigan ishlarining rejalari ishlab chiqilib, maʼqullandi. Rejaga muvofiq har bir oʻqituvchiga vazifalar topshirildi. Shu asosda  qiziqarli oʻyinlar, savol-javob kechalari, viktorinalar tashkil etilib, ochiq darslar oʻtkazildi.

Ushbu tadbirlarda maktabning chet tillar uslub birlashmasi oʻqituvchilari ham ishtirok etishib, oʻqituvchining mahoratini, oʻquvchilar diqqatini tadbirga jalb eta olishiga, qiziqtira olishiga xolisona baho berdilar. Interaktiv usulda oʻtkazilgan har bir tadbirda oʻquvchilarning faol ishtiroki taʼminlandi va chet tillarni mukammal  oʻrganishga qiziqishlari oshdi. Xususan, 1-“A” sinfda Iroda Safarboyeva, 9-“A” sinfda Muhabbat Xudoyberganova, 6-“V” sinfda Zivar Otajonova, 6-“A” sinfda Barno Murodova, 7-“V” sinfda Mavluda Usmonova, 10-“B” sinfda Fariza Rajabovalar ochiq dars tarzida tashkillashtirgan oʻquv mashgʻulotlarida yangi pedagogik texnologiyalardan, interaktiv oʻyinlardan foydalanildi va oʻquvchilarning faolligi oshirildi. Oʻtkazilgan ochiq darslar oʻquvchilarga juda manzur boʻldi. Shuningdek, pedagoglarning hamkasblari, maktab maʼmuriyati tomonidan yaxshi baholandi.

Shuningdek, rus tili fani oʻqituvchisi Sharifajon Abdolovaning ochiq darsi innovatsion pedtexnologiyalar asosida qiziqarli oʻtdi. Unda maktab rahbarlari, fan oʻqituvchilari, oʻquvchilar ota-onalari vakillari ham ishtirok etdilar va oʻqituvchining kasb mahoratini eʼtirof etdilar. Rus tili  fani oʻqituvchilari Inobat Tojiboyeva, Dilorom Yoʻldosheva, Muhabbat Eshimbetova, Matluba Eshimbetova va Nodira Otamurodovalar ham oylik doirasida ochiq dars oʻtkazdilar.

Tadbir oxirida uslubbirlashma aʼzolari tomonidan darslarning yutuq va kamchiliklari muhokama etildi. Bu, albatta, kelgusida chet tillarni oʻqitish sifati va samarasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Eʼtiborli jihati – oylik doirasidagi barcha tadbirlar oʻquvchilar faolligini, chet tillarga boʻlgan qiziqishlarini oshirdi. Oʻquvchilarning bilimlari yanada boyitildi va oʻqituvchilarga ijodiy koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Oygul Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026