64 NAFAR AMUDARYoLIK “MEHR-SAXOVAT” KÖKRAK NIŞONI BILAN TAQDIRLANDI
Jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida el-yurtimiz boşiga tuşgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarşi kuraşda ayrim yurtdoşlarimiz faol iştirok etib kelişmoqda. Şuningdek, uşbu ofatning oqibatlarini bartaraf etişda mardlik va jasorat namunalarini körsatib, milliy qadriyat va anʼanamizni munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat, himmat va olijanoblik fazilatlarini uluğlab, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş va ularga beminnat kömak beriş borasidagi işlarni umumxalq harakati darajasiga kötarişga hissa qöşişmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti, Muhtaram Ş.Mirziyoyev joriy yilning 26-may kuni jamiyatimizda tinçlik-osoyiştalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaşda, beğaraz homiylik yordami hamda ezgu işlari bilan köpçilikka alohida örnak bölayotgan ana şunday fidoyilarni taqdirlaş maqsadida “Mehr-saxovat” kökrak nişonini taʼsis etiş haqida Farmon qabul qilgan edilar. Xalqimiz salomatligini asraşda öz joni, huzur-halovatini öylamay, fidoyilik körsatib mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari dastlab uşbu kökrak nişoniga munosib körilib, taqdirlangandilar.
Şu yilning 14-noyabrida tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi xodimlaridan, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, ularning örinbosarlaridan bir guruhi, jami 64 nafar yurtdoşlarimizga ham “Mehr-saxovat” kökrak nişoni topşirildi. Tadbirga Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Sağindiq Turmanov, tuman hokimi S.Yöldoşevlar iştirok etib, mukofotlanganlarga kökrak nişonini topşirdilar va ularni şu munosabat bilan qizğin muborakbod etdilar, el-yurtimiz tinç-osoyişta, farovon bölişidagi ulkan xizmatlari uçun minnatdorçilik bildirdilar. Taqdirlanganlardan 49 nafari fuqarolar yiğinlari raislari, 7 nafari ularning örinbosarlari, qolganlari esa tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi rahbar va xodimlari mukofot egalari böldilar.
Aytiş joizki, jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining tölaqonli va samarali taşkil etilişida har tomonlama kömaklaşiş, oilalar va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş böyiça belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlaşda xalqimizga eng yaqin taşkilot hisoblangan özini-özi boşqariş organlari, yaʼni fuqarolar yiğinlari muhim örin tutadi. Fuqarolarning faol iştirokini taʼminlaş, nuroniylarning hayotiy tajribalari va bilimlaridan keng foydalaniş, “Soğlom oila – soğlom jamiyat” tamoyilini hayotga tatbiq etişda faollik körsatiş, xotin-qizlarning hayotidagi turli muammolarni öz vaqtida aniqlab, ularga manzilli yordam körsatiş, aholining iqtisodiy noçor qatlamini qöllab-quvvatlab, moddiy yordam beriş kabilar uşbu taşkilot tomonidan amalga oşiriladi. Undan taşqari, jamiyatda milliy qadriyatlarni, avloddan avlodga meros bölib kelayotgan urf-odat, anʼanalarni keng tarğib qiliş orqali yoş avlodni odob-axloqli, intellektual salohiyatli, maʼnaviyatli qilib tarbiyalaşda ham ularning kömagidan foydalaniladi.
Ayniqsa, joriy yilda aholini taşvişga solgan koronavirus pandemiyasi davrida odamlarni kasallikdan himoya qilişda, kasallikka çalinganlarni moddiy-quvvatlab, soğlom hayotga qaytarişda, pandemiya tufayli daromadidan ayrilgan fuqarolarni moddiy qöllab-quvvatlaşda ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari masʼul xodimlari vaqt bilan hisoblaşmay, fidoyilik bilan mehnat qildilar.
Şu bois hukumatimiz eʼtirofiga, “Mehr-saxovat” kökrak nişoniga loyiq körilgan fuqarolar yiğinlari raislari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi xodimlariga uşbu kökrak nişonini topşiriş marosimi ulkan tantanaga aylanib ketdi.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶