TALABALIK BAXTIGA ERIShGAN YoShLAR BILAN FAXRLANAMIZ
Oilada farzand dunyoga kelsa oʻqimishli, aqlli, elga foydasi tegadigan inson boʻlsin, deya ezgu niyatlar qilamiz va farzandlar tarbiyasiga alohida eʼtibor berishga intilamiz.
Lekin farzandining oʻqish-yozishiga alohida eʼtiborli boʻlib, vaqt ajratadiganlar ham, tarbiyani ikkinchi darajaga qoʻyadiganlar ham bor. Afsuski, hamma ota-onalar ham bu borada birdek jon kuydirmaydilar.
Bu yil OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni minglab ekanligini kuzatdik. Test sinovlari adolatli, shaffof oʻtganligiga ota-onalardan biri sifatida men ham guvohman. Kimningdir omadi keldi, yana kimningdir omadsizligini koʻrdim. Lekin shuni ishonch bilan aytamanki, talabalik baxti eng bilimdonlarga nasib etdi.
Tumanimizdagi 55-sonli maktabda ham oʻquvchilarga tarbiya-taʼlim berish, ularning xatti-harakatlarini doimiy nazorat qilish, har bir bolaga alohida eʼtiborli boʻlish uchun jon kuydirayotgan ustozlar, murabbiylar anchagina. Shu bois, bu yilgi bitiruvchilar orasida ustozlarini xursand qilib, ishonchini oqlagan oʻquvchilar ham koʻp boʻldi. Ulardan 17 nafari OTMlarga oʻqishga kirdilar.
- 2020-2021 oʻquv yilida ham yuqori natijalarga erishish niyatidamiz, - deydi maktab direktori D.Arikov, - taʼlim sifatini oshirish, davlatimiz rahbari aytganidek, har bir oʻqituvchini faollikka va vijdonan ishlashga davʼat etgan holda oʻquvchilar ongini shakllantirish borasida qiladigan vazifalarimiz ham koʻp.
- Endilikda hech bir oʻqituvchining deyarli bir soniya ham boʻsh vaqti boʻlmaydi, faqat ish, sifat va samaradorlik biz uchun asosiy mezon boʻladi, - deydi maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari D.Oʻrozboyeva.
Maktab bitiruvchilari orasida mamlakatimizda va dunyoda reytinggi eng yuqori hisoblangan Oksford universitetining Toshkent filialiga, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Davlat Transport universitetlariga yuqori ball bilan oʻqishga kirib, talabalik baxtiga erishgan yoshlarning ham borligi quvonarli. Biz talabalik baxtiga erishgan barcha yoshlarni chin dildan tabriklab, oʻqish va ishlarida omadlar tilaymiz.
Zuhra AHMEDOVA, gazetaning jamoatchi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶