14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 23:47
Fan va taʼlim 👁 178

TUMANDAGI MAKTABLARGA 70 XIL NOMDAGI JAHON VA OʻZBEK ADABIYoTIGA DOIR KITOBLAR TARQATILDI

TUMANDAGI MAKTABLARGA 70 XIL NOMDAGI JAHON VA OʻZBEK ADABIYoTIGA DOIR KITOBLAR TARQATILDI

Kitob – qalblarni yorituvchi nur, tafakkurni boyituvchi xazina, kamolot choʻqqisi va maʼnaviy komillikka yetaklovchi hamrohdir. Kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk boʻlishi, maʼnaviyatining shakllanishida asosiy oʻrinni egallaydi. Kitob oʻqigan insonning aqli charxlanib, maʼnaviyati boyib, yetuklik sari ildamlayveradi. Shu sababli ham mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarimizni kitob mutolaa qilishga, badiiy asarlar oʻqishga jalb qilish eng ustuvor vazifalardan biriga aylandi.

Joriy yilning 27-oktyabr sanasida tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 38-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil qilingan marosim ham shu maqsadlarga yoʻnaltirildi. Shu kuni Xalq taʼlimi vazirligi bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi hamkorligida Amudaryo tumanidagi barcha umumtaʼlim maktablari uchun joʻnatilgan 70 xil nomdagi jahon va oʻzbek adabiyotining durdona asarlaridan iborat jami 2 ming 407 dona badiiy adabiyotlar karvoni tumanimizga yetib keldi.

Tumandagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida mazkur kitoblarni maktablarga tarqatish marosimi tashkil qilindi. Ushbu tadbirda tumanimizdagi maktablardan koʻplab oʻqituvchi hamda oʻquvchilar ishtirok etdilar. Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi masʼullari kitoblarni belgilangan miqdorda taqsimlab, maktablarga tarqatdilar. Bu kabi tadbirlar oʻquvchi-yoshlarimizda kitobga boʻlgan mehr hamda kitob oʻqishga qiziqishlarining yanada oshishiga xizmat qilishi, shubhasiz. 

Buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy taʼbiri bilan aytganda: “Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi”. Darhaqiqat, kitobdan olinadigan bilim va maʼnaviy quvvatni hech bir manba bera olmaydi. Hatto bugungiday shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda ham bu bebaho neʼmat oʻquvchining doimiy hamrohi boʻlib kelmoqda. Kitob oʻqigan oʻgʻil-qiz borki, fikri teran, oʻqishi namunali, saboqlarni oʻzlashtirishi taxsinga loyiq boʻladi. Qolaversa, badiiy adabiyot orqali oʻzini tutish, odob va axloq meʼyorlaridan hayotiy misollar orqali boxabar boʻlish, oʻrganish, ibrat olish mumkin. Shu tufayli ham hozirgi kunda yurtimizda kitob bilan bogʻliq masalalarga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Yoshlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash uchun kitob oʻqish masalasi yoshlar orasida keng targʻib qilinmoqda.

Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani, xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bu boradagi ishlarni amalga oshirishda muhim dasturilamal boʻlmoqda.

Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan tarqatilgan kitoblar taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlarimizning dunyoqarashini yanada kengaytirib, maʼnaviy dunyosini boyitishga xizmat qilishi, shubhasiz. Taʼlim maskanlariga ushbu kitoblar yetkazilganidan soʻng, oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni yanada targʻib qilish, ularda milliy va jahon adabiyoti durdonalarini mutolaa qilishga qiziqish uygʻotish maqsadida maktablarda “Kitob taqdimoti”, “Kitob haftaligi”, “Men sevgan adib” kabi tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019