“HUQUQBUZARLIKLARGA QARShI KURAShISh VA XIZMAT FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh OYLIGI” DOIRASIDA NAZORAT IShLARI OLIB BORILMOQDA
Respublikamizda jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ish faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2020-yil 15-oktyabrdan 15-noyabrgacha “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020-yil 10-oktyabr kungi 147-sonli farmoyishi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020-yil 10-oktyabr kungi 127-sonli farmoyishlariga asosan tashkil etilgan mazkur oylik doirasida tumanimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha bir qator profilaktik choralar koʻrilmoqda. Xususan, tumanimizdagi ov qurollari bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini olish, ov quroliga ega boʻlgan fuqarolar oʻrtasida profilaktik suhbatlar oʻtkazish hamda ularga nisbatan toʻplangan yigʻma jildlari va qurol saqlash tartiblari alohida nazoratga olinib, tekshirilmoqda.
Bugungi kunda tuman Ichki ishlar boʻlimi hisobidagi 377 nafar fuqaroda 441 ta ov qurollari mavjud. Oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan bir kunda 44 nafar, tadbir boshlanganidan esa 288 nafar ov quroli egalari va mazkur qurollarning saqlanish holatlari tekshiruvdan oʻtkazildi.
Tekshiruvlar jarayonida ayrim ov quroli egalari tomonidan qurolni saqlash va undan foydalanish boʻyicha tartib-qoidalarga amal qilmaslik holatlari ham qayd etildi. Xususan, ov qurolini saqlash va olib yurish, ovda foydalanish muddatlari tugagan, ruxsatnoma muddatlarini oʻz vaqtida uzaytirmagan shaxslar ham aniqlandi. Tartibga koʻra yiliga ikki marta oʻtkazilib kelinayotgan nazorat tartibidagi tekshiruvlar “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi jarayonida qatʼiy roʻyxat asosida olib borilmoqda. Oylik davomidagi tekshiruvlarda kuniga bir, baʼzan undan ham koʻproq, tadbir boshlangandan beri esa 27 nafar ov quroliga ega shaxslar ov qurolidan foydalanish, saqlash, olib yurish, ov qilish muddatlarini oʻz vaqtida uzaytirmaganlari maʼlum boʻldi. Bu boradagi tartib-qoidalarga amal qilmagan ov quroli egalari Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 221-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortildilar.
Ayni paytda “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish oyligi” davom etmoqda. Mazkur oylik jarayonida tuman Ichki ishlar boʻlimi hisobida turuvchi ov quroliga ega boʻlgan 377 nafar fuqarolarga tegishli 441 ta ov qurollari tuman Ichki ishlar boʻlimining jamoat tartibini saqlash guruhi xodimlari tomonidan tekshiruvdan oʻtkazildi. Shuningdek, ruxsatnoma muddatlari tugagan ov qurollari egalariga nisbatan maʼmuriy choralar koʻrildi. Aholi oʻrtasida bu boradagi tushuntirish-targʻibot ishlari qatʼiy reja-jadval asosida olib borilmoqda.
Qadrli yurtdoshlar, agar sizning xonadoningizda yoki yaqinlaringizda tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan hisobga olinmagan, ov qurolini saqlash va olib yurish, ov qilish uchun ruxsatnomaga ega boʻlmagan ov quroli mavjud boʻlsa, bu haqda, albatta, boʻlimga maʼlum qilishingizni, “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligida faol ishtirok etishingizni iltimos qilamiz. Zero, bu bilan Siz xalqimizning tinchligi va osoyishtaligiga oʻz hissangizni qoʻshgan boʻlasiz.
Karimjon TADJIBOYeV, tuman IIB Jamoat tartibini saqlash guruhi inspektori, katta serjant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶