19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 11:52
Jamiyat 👁 293

KUNDALIK OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING NARXI ASOSSIZ RAVIShDA KOʻTARILIShIGA YOʻL QOʻYILMAYDI

KUNDALIK OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING NARXI ASOSSIZ RAVIShDA KOʻTARILIShIGA YOʻL QOʻYILMAYDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida shu yilning 16-oktyabr kuni oʻtkazilgan “Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, mamlakatimizda aholiga kundalik isteʼmoli uchun zarur boʻlgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini jon boshiga belgilangan meʼyorlarda, arzon, sifatli hamda uzluksiz yetkazilishini taʼminlash, narx-navo barqarorligini saqlash kabilarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda tegishli vazirliklar, tumanlar hokimliklari hamkorligida aholi sonidan kelib chiqib, kundalik ehtiyoj uchun zarur oziq-ovqat hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlarining bozorlarda sotilishi nazoratga olinib, narxlarning barqarorligini saqlash choralari koʻrilmoqda. Bu borada tumanimiz bozorlarida ham maʼlum tartib-qoidalarga amal qilish choralari koʻrilmoqda. Yaʼni, fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini birinchi navbatda tumanimiz aholisiga yetkazib berish va sotish  uchun dehqon bozorlariga olib chiqilishi taʼminlanmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boshqarmasining tegishli xatlariga koʻra “Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisining ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini hamda narx-navo barqarorligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Mangʻit Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tadbirkorlik subʼektlari, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalariga zarur tushunchalar berilib borilmoqda.
Qarorga muvofiq ayni kunlarda Mangʻit Dehqon bozorida oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari fermer, dehqon hamda shaxsiy tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari qoʻlma-qoʻl oʻtib, bahosi oʻsishiga yoʻl qoʻyilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri sotilishi  ustidan nazorat oʻrnatildi. Bozorda sanitariya, veterinariya qoidalariga rioya etilishi, tozalik, mahsulotlarning sifati, isteʼmolga yaroqliligini oʻrganish ishlari doimiy yoʻlga qoʻyilgan. Bu borada boʻlimimiz xodimlari tuman sanitariya-epidemologik osoyishtalik markazi va tuman Veterinariya boʻlimi bilan hamkorlikda ish olib borishmoqda.
Aholini arzon narxdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida tumandagi fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan shartnomalar tuzilib, ushbu mahsulotlarning arzon narxlarda sotilishini taʼminlash maqsadida 20 ta savdo oʻrniga ega boʻlgan yarmarka tashkil etildi. Mazkur yarmarkada kundalik ehtiyoj uchun zarur boʻlgan yogʻ, shakar, makaron, tovuq goʻshti va meva-chevalar arzon narxlarda sotilmoqda. Shuningdek, tuman xokimligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida tumandagi chorvachilik fermer xoʻjaliklari hamda goʻsht mahsulotlari sotish bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aholining goʻshtga boʻlgan ehtiyojini maʼlum miqdorda taʼminlash borasida yirik shoxli qoramollar soʻyilib, maxsus rastalarda har bir kilogrammi 45000 soʻmdan, kartoshka 2500-3000 soʻmdan, tuxum 900 soʻmdan sotilmoqda.
 Tuman davlat Soliq inspektsiyasi bilan birgalikda bozor hududida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan, noqonuniy olib sotarlik bilan shugʻullanayotgan shaxslar aniqlanib, belgilangan tartibda soliqqa tortilmoqda hamda narxlarning oʻsishiga olib keladigan omillar birma-bir oʻrganilib, bartaraf etish choralari koʻrilayotir. Jumladan, Oʻzbekiston tovar xom-ashyo birjasi savdolaridagi oziq-ovqat mahsulotlari, yaʼni oʻsimlik yogʻi, shakar, un mahsulotlari narxlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olinib, oʻrganilmoqda. Bundan maqsad, tadbirkorlik subʼektlari tomonidan birja savdolarida sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlari noqonuniy olib sotarlik bilan shugʻullanayotgan shaxslar qoʻllariga oʻtib, narx koʻtarilib ketmasligi choralarini koʻrishdir.
Savdo yarmarkasi hududida sotuvchilar va xaridorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida bostirma qilinib, peshtaxta oʻrnatildi. Ushbu savdo oʻrinlarida va bozorda narxlarning barqarorligini taʼminlash maqsadida doimiy nazorat olib borilmoqda. Yurtdoshlarimizning kundalik hayotidagi zarur boʻlgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlari qoplanishiga oʻz hissamizni qoʻshishni doimiy burchimiz deb bilamiz.

Zafar SABUROV, Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga

qarshi kurashish  Departamentining tuman boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026