TILIMIZ – MUQADDAS BOYLIGIMIZ
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31-yil toʻldi. Shu vaqt ichida tilimizni boyitish, rivojlantirish, keng isteʼmolga kiritish, ilmiy va badiiy sohalardagi faol qoʻllanilishini taʼminlash boʻyicha koʻp ishlar amalga oshirildi. Tarixan uzoq vaqtdan beri tarkib topib, shakllanib kelayotgan tilimizga bugungi globallashuv davrida fan-texnika, ilmiy tafakkur yutuqlari tufayli yangi soʻzlar kelib qoʻshilmoqda. Tilshunoslik oldida turgan tilning sofligini saqlash, til birliklarining yagona formasini tasdiqlash va qabul qilish, yaxlit va barqaror tizim yaratish, ilmiy manbalardagi bahsli va qarama-qarshi holatlarni hal qilish kabi masalalar ana shu jarayon bilan birga muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Chet tillariga qaratilayotgan eʼtibor ushbu tillarni oʻrganish, oʻzlashtirish jarayonida oʻz tilimizda avvaldan mavjud boʻlmagan soʻz qurilishi, maʼnodosh soʻzlar, iboralar, gaplarning sintaktik jihatdan bogʻlanish xilma-xilligi, nutq tuzish, matn yaratishning yangi shakllari kirib kelishi jihatidan qaralganda foydalidir.
Oʻz tilimiz bizga ajdodlardan kelayotgan merosdir. Unda noyob tarixiy manbalar, shoir va yozuvchilarimizning badiiy asarlari, oʻlmas fikrlari, ifoda etilgan. Tilimizni muqaddas bilib, uni qanchalik keng muomalaga kiritsak, ogʻzaki va yozma nutqda qoʻllaganda buzilishlardan saqlasak, unga shuncha foyda keltirgan boʻlamiz. Zotan til faol qoʻllangani sayin rivojlanib boraveradi.
Siroj OLIMOV, 41-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶