25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 16:47
Jamiyat 👁 258

“Hormang, fidoyi yoshlar” loyihasi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi

“Hormang, fidoyi yoshlar” loyihasi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi

17-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi paxta-yigʻim terim ishlariga oʻz hissasini qoʻshayotgan fidoyi yoshlarni ragʻbatlantirish hamda ularga hush kayfiyat ulashish maqsadida “Hormang, fidoyi yoshlar” loyihasi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.

Oq oltin ovulidagi “Yakubova Gavhar” fermer xoʻjaligi paxta dalasida tashkil qilingan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Abatboy Daniyarov, Respublikadagi faol yoshlar, yosh volonterlar, shuningdek, tumandagi fidoyi yoshlar otryadi aʼzolari, uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir koʻtarinki hamda bayramona ruhda tashkil qilindi. Loyiha doirasida oʻtkazilgan tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi hamda tumanimizdagi madaniyat boʻlimida faoliyat yuritayotgan estrada xonandalari, soʻz ustalari, oʻzlarining ajoyib kuy-qoʻshiqlari va chiqishlari bilan fayz bagʻishladi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, tumanimizdagi mirishkor dehqon va fermerlari tomonidan yetishtirilgan paxta hosilini nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda yigʻib-terib olishda Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tumani boʻlimi tomonidan tashkil qilingan “Fidoyi yoshlar otryadlari” aʼzolari oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Vaqtincha band boʻlmagan yoshlarni mavsumiy ishlarga jalb qilish maqsadida tuzilgan “Fidoyi yoshlar otryadlari” aʼzolari soni 825 nafarni tashkil qiladi. Mavsum davomida mazkur otryad aʼzolari kuniga oʻrtacha 100-120 kg paxta terib, yuksak xirmon barpo qilishga koʻmak bermoqdalar. Paxta dalalarida tumanimiz  mirishkor dehqon va fermerlari tomonidan otryad aʼzolari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Tumanimizning ana shunday mehnatsevar, fidoyi yoshlarining “oq oltin” xirmonini yaratishdagi xizmatlarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Abatboy Daniyarov yurtimizdagi yoshlar siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida nutq soʻzladi. Senat aʼzosi oʻz soʻzida vatanimiz ertasi boʻlgan yosh avlod egalarining jamiyat hayotida oʻz oʻrnini topishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va ulardan oqilona foydalanish, yoshlar bandligini taʼminlash borasida qilinayotgan ishlar, yoshlarimizning ertangi taqdiri har doim davlat eʼtibori markazida ekanligi borasida toʻxtaldi.

Tadbirda estrada yulduzlari, sanʼat ustalari, iqtidorli yoshlar tengdoshlarini oʻz ijod namunalaridan bahramand qildilar. Vatan, doʻstlik va yoshlikni tarannum qiluvchi qoʻshiqlar, kuylar va raqslar paxtakor yoshlarga katta kuch-gʻayrat bagʻishladi.

 

 

Aytish joizki, joriy yil erta bahordan Amudaryo tumanidagi 362 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 15 ming 250 gektar maydonga chigit ekildi. Shundan 3 ming 350 gektariga “C 47-27” navli, 8 ming 985 gektar ekni maydoniga “Sulton” navli, 2 ming 915 gektar maydonga yangi navli chigit ekildi. Mehnatsevar paxtakorlarimizning oʻz vaqtida amalga oshirgan agrotexnik tadbirlari natijasida gʻoʻza nihollari bir tekis unib chiqdi. Vegetatsiya davrida barcha agrotexnik tadbirlar sifatli olib borildi. Jumladan, gʻoʻza nihollarini yaganalash, qator oralariga ishlov berish, begona oʻtlardan tozalash, sugʻorish va oziqlantirish, chekanka qilish kabi tadbirlar malakali mutaxassislarning tavsiyalari va dehqonlarimizning koʻp yillik tajribalari asosida tajribali amalga oshirildi.

Yigʻim-terim ishlarini qisqa muddatlarda amalga oshirish maqsadida chora-tadbirlar dasturi  ishlab chiqilib, 290 ta terim otryadlari tashkil qilindi. Ushbu terim otryadlariga tajribali xoʻjalik faollaridan iborat otryad rahbarlari tayinlandi. Terim otryadlariga esa jami  23 ming 266 nafar terimchilar jalb qilindi. Shundan 9283 nafarini fermer xoʻjaligi ishchilari tashkil etgan boʻlsa, qolgan 13 ming 983 nafari uyushmagan aholi boʻlib, ular shartnoma asosida paxta terimida ishtirok etdilar. Terimchilar uchun barcha sharoitlar yaratilib, dala boshida issiq ovqatlar tashkil qilindi. Terim pullarining oʻz vaqtida, dala boshida berib borilgani terimchilarning terimga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada oshirib, yigʻim-terim surʼatining koʻtarilishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, aholini majburiy mehnatga jalb qilmaslik boʻyicha nazorat tadbirlari muntazam olib borildi.

Tumanimizda terimchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan “Xormang, fidoyi yoshlar” loyixasi doirasidagi tadbirda faol terimchi yoshlar Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026