17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 11:48
Jamiyat 👁 459

XALQARO QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TUMANDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIRLAR OʻTKAZILDI

XALQARO QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TUMANDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Mana 8-yildirki, butun dunyoda boʻlgani kabi mamlakatimizda ham 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni sifatida keng nishonlanadi.
Xalqaro qizlar kuniga 2012-yil, 11-oktyabrda BMTning bosh Assambleyasida asos solingan va ushbu kun qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga butun dunyoning eʼtiborini qaratish maqsadida har yili keng nishonlanadi. Bu yil Oʻzbekiston Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Vazirligi tomonidan barcha viloyatlar, tumanlar va shaharlarda faol qizlar ishtirokida keng qamrovli koʻngilochar tadbirlar, davra suhbatlari, kitobxonlik va sheʼriyat kechalari tashkil etilib, unda oʻz bilim va iqtidori, ijtimoiy faolligini namoyon etayotgan qizlar taqdirlandilar.
Tumanimizda ham Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan umumtaʼlim maktablarida, mahallalarda va jamoat tashkilotlarida bayram tadbirlari tashkil etilib, bu tadbirlarda yuzlab qizlar ishtirok etishdi.
Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan Amudaryo televideniyesida tashkil etilgan “Qizlar davrasi” tadbirida 40-sonli umumtaʼlim maktabining faol oʻquvchi-qizlari ishtirok etishdi.
“Qizlarjon davrasi” tadbirini tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad ularning bilim olishiga, kitob oʻqishiga boʻlgan qiziqishini ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtidorli qizlar safini kengaytirish, shu bilan birga uyushmagan qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning kiyinish va muomala madaniyatini oshirish, ongi va qalbini gʻoyaviy tahdidlardan himoya qilishdan iborat. Shuningdek, bugungi islohotlarga faol munosabatlarini shakllantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, vatanparvar, xalqparvar, har tomonlama yetuk insonlar sifatida kamol toptirishga qaratilgan.
“Qizlarjon davrasi”ni “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Robiya Yoʻldosheva boshqarib bordi. 40-sonli umumtaʼlim maktabi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Muyassar Rahmatullayeva, oʻquvchi-qizlar Matluba Matchonova, Dilnura Rustamova, Charos Rustamova, Goʻzaloy Chorshamova, Dinora Rajabova, Sevara Oʻrozboyeva, Shahzoda Yoʻldosheva, Sevinch Murodboyeva, Dildora Saʼdullayevalar oʻzlari hayotda va oʻqishda erishayotgan yutuqlari, orzulari haqida dildan, samimiy suhbatlashdilar. Xususan, maktabda, uyda, jamoat joylarida qiz bola oʻzini qanday tutishi, libos tanlash, kiyinish va muomala madaniyati, bilim olishga boʻlgan intilishi, kitobga boʻlgan munosabati haqida oʻzaro fikr almashdilar.
“Qizlarjon davrasi” ishtirokchilari oʻqigan kitoblaridan olgan taassurotlari, darsdan boʻsh vaqtlarida oʻzlari shugʻullanadigan mashgʻulotlari haqida ham toʻlqinlanib gapirdilar. Adabiyotga, sheʼriyatga ixlosmand qizlar esa yangi yozgan sheʼrlaridan oʻqib berdilar.
“Qizlarjon davrasi” yakunida oʻzlarining alohida iqtidorlari, bilimdonligi va jamoat ishlarida faolligi bilan tengdoshlariga namuna boʻlayotgan qizlarga tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimining tashakkurnomalari va sovgʻalari topshirildi.
Xalqimizda “Qiz oʻsgan uyda halovat bor”, “qiz bola elning koʻrki”, degan hikmatlar bejiz aytilmagan. Haqiqatan ham oʻzbek xalqi qoʻshnisining odob-ikromli, goʻzal fazilatli qizi bilan oʻz farzandi kabi faxrlanadi. Xonadonlardagi orastalik, fayz-u tarovatdan koʻngillarimiz toʻlganida, goʻzal xulq-atvorli, zebo qizlarimizning yurtimizga fayz-u koʻrk bagʻishlayotganlaridan quvonamiz.
Azal-azaldan oʻzbek xonadonlarida qiz bola tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilishida, ularning pazanda, chevar, zukko va bilimdon boʻlib ulgʻayishlariga ota-onalarning  jon kuydirib turishlarida ham ajib hikmatlar, mohiyatlar mujassam. Yaʼni, qizim el-yurtga singib, baxti bekam boʻlsin, degan ezgu niyat bor.
Qilichboy ovulidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan boʻlib oʻtgan “Buvijonim kiygan liboslar” mavzusidagi madaniy-maʼrifiy tadbirda, nazarimizda ushbu ezgu niyatlar toʻla aks etdi.
Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan hamkorlikda Dilnoza Jumanova, Mehribon Jumaniyozovalar tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda biri-biridan goʻzal va nazokatli qizlar qilichboylik onaxonlarga xos sharqona, milliy liboslarni namoyish etish bilan birga ushbu liboslarning oʻzlariga manzur jihatlari, milliy-maʼnaviy qadriyatlarimiz haqida toʻlqinlanib soʻzladilar.
Doʻrman ovuli hududidagi “Amina buvijon” oilaviy korxonasida, nonvoy Shodiyaxon Zaripova tomonidan oʻtkazilgan “Milliy patir non yopish” boʻyicha amaliy ustozlik dars-mashgʻulotida ishtirok etgan qizlar nafaqat qavat-qavat milliy patirni yasash, balki bu xushtaʼm nonning xamirini tayyorlash va tandirga yopish sirlari bilan yaqindan tanishdilar.
“Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan tumanimizning barcha hududlarida biri-biridan mazmunli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrgazmali dars-mashgʻulotlar oʻtkazilib, bu tadbirlarga turli yosh toifasidagi qizlar, ayniqsa, kasb-hunar oʻrganishga ishtiyoqmand uyushmagan qizlar qamrab olindi. Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan Choykoʻl ovulida tashkil etilgan “Tikuvchilik sabovlari” boʻyicha amaliy mashgʻulot ovul qizlarida katta taassurot qoldirdi. Shu barobarida ovul qizlari amaliy mashgʻulotni olib borgan “Tamara Tekstil”MChJ rahbari Tamara Yusupovaning bichish-tikish, dizayn yoʻnalishlari boʻyicha koʻrgazmali dars-mashgʻulotiga katta qiziqish bildirishdi.
Shuningdek, Mangʻit shahrining  Navoiy nomli mahallasi qizlarining “Mang’it Milk” va “Tamara Tekstil” MChJ tadbirkorlik korxonalariga sayohati ham uyushtirildi. Sayohat davomida qizlar “Mang’it Milk” korxonasi rahbari Nilufar Davletovaning chorvachilik mahsulotlari, ayniqsa, sutni qayta ishlash, ichki va tashqi bozorda oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etish boʻyicha tajribalari, yutuq va rejalari bilan yaqindan tanishdilar. “Tamara Tekstil” MChJ rahbari Tamara Yusupovaning tumanimiz yosh qizlariga chevarlik sirlarini oʻrgantish, xalqimizga manzur yangi liboslar toʻplamini yaratish hamda tayyor mahsulotlarini ichki bozorga yoʻnaltirish, shuningdek qoʻshni davlatlarga eksport qilishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha boshlab qoʻygan rejalaridan voqif boʻlishdi va ushbu korxonada ishlash, kasb-hunar oʻrganish istagida ekanligini bildirdilar.
76-sonli maktabda oʻtkazilgan “Mohir qoʻllar” koʻrgazmasi esa ishtirokchilarda yanada ulkan taassurotlar qoldirdi. Koʻrgazmaga qoʻyilgan chevarlik, rassomlik, dizaynerlik, ustakorlik kabi yoʻnalishlarda maktab oʻquvchi-qizlari tomonidan tayyorlangan buyumlar, ayniqsa, oʻta nafislik bilan qoʻlda toʻqilgan liboslar, soʻzanalar har bir qalbda milliy madaniyatimizga cheksiz hurmat va eʼtibor uygʻotgani, koʻrgazma ishtirokchilarining samimiy dil soʻzlarida oʻz ifodasini topdi.
Tumanimiz boʻylab “Xalqaro qizlar” kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlarning barchasi goʻzal va nazofatli qizlarimizga olam-olam zavq bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019