OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAHALLA VA OILANI QOʻLLAB-QUVVATLASh VAZIRINING BIRINChI OʻRINBOSARI AMUDARYo TUMANIGA TAShRIF BUYuRDI
Joriy yilning 25-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Gulnora Maʼrufova hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Maryam Ahmedovalar tumanimizga tashrif buyurdilar. Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi shart-sharoitlar, mahallalardagi xotin-qizlar bilan ishlash holatini yaqindan oʻrganish hamda soha xodimlari bilan tajriba almashish, zaruriy tavsiyalar berish boʻldi.
Tashrif chogʻida mutasaddilar karantin qoidalariga toʻla amal qilgan holda tumanimizning Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻini, Choykoʻl va Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini hamda Gulzor mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Masʼullar fuqarolar yigʻinlari xodimlarining ish yuritish, mahalla raisi va oʻrinbosarlarining vazifalari, ish tartibi boʻyicha belgilab berilgan uslubiy qoʻllanma asosida qanday amaliy ishlar olib borayotganini oʻrgandilar. Oʻrganish jarayonida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar koʻrsatilib, uslubiy-amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, fuqarolar yigʻini binolaridagi yaratilgan shart-sharoitlar, ish hujjatlarining yuritilishi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning bandligini taʼminlash, mahalla xodimlari bilan birgalikda nomenklatura hujjatlar boʻyicha olib borilayotgan ishlar oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida mutasaddilar Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻinining “Ayollar daftari”dagi 5 nafar xotin-qizlarga kasb-hunar oʻrgatish orqali bandligini taʼminlash maqsadida tikuvchilik boʻyicha qoʻshimcha bepul oʻquv mashgʻulotlari tashkil qilinganligining, zamonaviy uslubda qurilgan Gulzor mahallasi, rekonstruktsiya qilingan Qilichboy ovuli fuqarolar yigʻinlari binosida barcha qulaylik hamda shart-sharoitlar yaratilganligining guvohi boʻldilar hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayol-qizlar bilan suhbat chogʻida ularning muammolari bilan qiziqdilar.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Gulnora Maʼrufova hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Maryam Ahmedovalar vazirlikning tuman boʻlimi binosida sektorlar rahbarlari bilan uchrashdilar. Mehmonlar yangidan rekonstruktsiya qilingan binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, sektorlar rahbarlari bilan barcha sohalarda olib borilayotgan ishlar xususida suhbatlashdilar.
Suhbat chogʻida fuqarolar yigʻinlari moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandiligini taʼminlash boʻyicha fikrlar almashildi. Shuningdek, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi hamda oʻrinbosarlariga ish faoliyatlari boʻyicha zaruriy tavsiyalar berildi.
Gavhar Chimbaychiyeva, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimining
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶