25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 16:57
Jamiyat 👁 242

TUMAN XOTIN-QIZLAR JAMOATChILIK KENGAShINING ASOSIY VAZIFALARI BELGILANDI

TUMAN XOTIN-QIZLAR JAMOATChILIK KENGAShINING ASOSIY VAZIFALARI BELGILANDI

Jamiyatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, ayolning jamiyatda va oilada tutgan nufuzini mustahkamlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar salmogʻini yanada yuqori pogʻonaga koʻtarish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 2020-yilning 18-fevral sanasida Prezidentimiz tomonidan “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5938-sonli Farmoni hamda ushbu Farmon ijrosini taʼminlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgust sanasida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)larda xotin-qizlar jamoatchilik Kengashlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 486-sonli Qarori qabul qilingani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar salmogʻini oshirdi. Ushbu hujjatlar mahalla va oila institutini yanada takomillashtirish imkonini berdi.

Yuqoridagi Prezident Farmoni va hukumat Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Vazirligining tegishli buyruqlariga asosan tumanimizda ham xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova rahbarligida Ishchi guruh tuzildi. Shuningdek, tuman xotin-qizlar jamoatchilik Kengashining 15 kishidan iborat aʼzolari tarkibi tasdiqlandi va Nizomi ishlab chiqildi.

Joriy yilning 23-sentyabr sanasida tuman xotin-qizlar jamoatchilik Kengashining birinchi tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova ochdi va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari hamda  qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarning  ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish boʻyicha Nizom talablariga muvofiq takliflar ishlab chiqish, muammolar yechimi yuzasidan aniq va qatʼiy rejalar asosida faoliyat yuritish xotin-qizlar jamoatchilik Kengashining asosiy vazifasi ekanligiga batafsil toʻxtaldi.

Shundan soʻng, 40-sonli maktab direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamurodova Kengash Ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan Nizom yuzasidan Kengash aʼzolariga batafsil maʼlumot berdi. Shu bilan birga tumanimiz faol ayollarini birlashtirgan xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi oldida turgan dolzarb vazifalar xususida toʻxtalib oʻtdi.

Tuman xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi Nizomida belgilangan vazifalar yuzasidan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yoʻldosheva, tuman FHDYo boʻlimi mudiri Sanobar Xolboyeva, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, 31-sonli maktab direktori Nilufar Davletova hamda xalq taʼlimi faxriysi, “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni sohibasi Pardagul Oʻrozboyevalar oʻz fikr va takliflarini bildirdilar. Shuningdek, ishtirokchilar yoshlar tarbiyasi bilan bogʻliq muammolar, ularning  kiyinish va muomala madaniyati, toʻy-marosimlarni oʻtkazish borasidagi kamchiliklar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarda ayrim ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, yosh oilalarni mustahkamlashga, aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar.

Yigʻilishda tuman xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi aʼzolari tomonidan bildirilgan fikrlar va takliflar atroflicha muhokama etilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Gavhar Chimboychiyeva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026