17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 13:14
Jamiyat 👁 187

SOLIQ IMTIYoZLARI TADBIRKORLARGA MADAD BOʻLMOQDA

SOLIQ IMTIYoZLARI TADBIRKORLARGA MADAD BOʻLMOQDA

Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan karantin cheklovlariga koʻra koʻpgina sohalar faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan edi. Natijada umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subʼektlari vaqtincha daromadidan ayrildilar. Biroq sanitariya-epidemilogik vaziyat yaxshilanishi natijasida karantin qoidalari yumshatilib, umumiy ovqatlanish shoxobchalariga belgilangan tartib-taomillar asosida ish boshlashiga ruxsat berildi.
Muhtaram Yurtboshimizning “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subʼektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi shu yil 20-iyulda qabul qilgan Farmoniga asosan koronavirus pandemiyasi davrida aholini, ayniqsa, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik suʼbektlarini koʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash, ularning daromadlarini taʼminlash, ushbu subʼektlarni jadal qayta tiklash, shuningdek ish oʻrinlarini saqlab qolish maqsadida soliq imtiyozlari berildi.
Xususan, Farmonga muvofiq 2020-yil 1-iyuldan 2020-yilning 31-dekabriga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari hamda binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqdan ozod etildi.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogol mahsulotlarini yetkazib berish orqali sotish huquqi berildi.
Farmonga muvofiq joriy etilgan soliq imtiyozlari  va shart-sharoitlar pandemiya davrida daromad topmagan umumiy  ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subʼektlari uchun ulkan madad boʻldi, deyish mumkin.
“Oʻrinboy Sodiq” oilaviy korxonasi 2013-yil 23-may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Oilaviy korxona asosan umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritadi. Rahbar Rahimboy Jumaniyozov ham pandemiya davrida korxonasi faoliyat koʻrsatmaganligi uchun soliqlar toʻlashda muammolarga duch keldi. Biroq ayni kunda Prezidentimizning Farmoniga koʻra, joriy etilgan soliq imtiyozlari, yaratilayotgan imkoniyatlar korxonaning yana toʻla quvvatda  ishlay boshlashiga zamin boʻldi.
Umumiy ovqatlanish korxonasi, yaʼni oshxona faoliyatini amalga oshiruvchi “Viktoriya Xolding” masʼuliyati cheklangan jamiyati mehnat jamoasi ham mamlakatimizda pandemiya davrida tadbirkorlik subʼektlarining oʻz faoliyatlarini qayta yoʻlga qoʻyib, munosib daromad topishlari uchun qilinayotgan gʻamxoʻrliklardan xursand. Boisi Mangʻit shahrining Qipchoq koʻchasida joylashgan Malohat Nurmanova rahbarlik qilayotgan ushbu korxonada koʻplab yoshlar mehnat qilib, maosh olishadi. Soliqlar borasida joriy etilgan imtiyozlar korxona daromadi yuqori boʻlishini va ishchi oʻrinlari saqlanib qolishiga zamin boʻldi.
Mangʻit shahrining Berdaq koʻchasida joylashgan “Mangit Chuzma Lagʻmonlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2011-yildan beri umumiy ovqatlanish korxonasi faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Bu borada korxona rahbari Zafar Qodirov oʻziga xos tajriba va malakaga ega boʻlsa-da, pandemiya davrida ishchi oʻrinlarini qanday saqlab qolish yuzasidan oʻylanib qoldi. Axir soliqlar, ish haqlari oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borilishi ham kerak-da. U karantin choralari yumshatilib, faoliyatiga ruxsat berilgani, soliqdan imtiyozlar joriy etilib, faoliyati qoʻllab-quvvatlanayotganidan  juda xursandligini sifatli xizmat koʻrsatish orqali ifoda etmoqda.
Ha, mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi davrida aholini, ayniqsa, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasida tadbirkorlik subʼektlarini qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash, ularning daromad topishlarini taʼminlash borasidagi gʻamxoʻrliklar oʻzining quvonarli natijalarini berayotir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019