MUDDATLI HARBIY XIZMATGA ChAQIRILUVChILARNI SARALASh BOShLANDI
Konstitutsiyamizning 52-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish – Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy xizmatni oʻtashga majburdirlar”, deb belgilangan.
Ona yurtining tinch-osoyishtaligini asrash, sarhadlari daxlsizligini taʼminlashga hissa qoʻshish nafaqat burch, balki majburiyatdir.
Har yili koʻklamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tarkibini toʻliqtirish maqsadida intellektual salohiyatli, axloqiy-ruhiy jihatdan yetuk, bilimdon va jismonan baquvvat yigitlar harbiy xizmatga olinadilar.
Tumanimizda har yili muddatli harbiy xizmatga borish istagidagi yigitlarni saralash tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi “Chaqiriluvchilarni tanlab olish toʻgʻrisida”gi 291-sonli Qarori asosida tuman hokimi qarori bilan tayinlangan tanlov Kengashi tomonidan, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi hamkorligida amalga oshirib kelinmoqda.
Navbatdagi muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlov tadbirlari joriy yilning 10-avgustidan 2021-yilning 10-fevraliga qadar olib boriladi.
Ayni kunlarda harbiy xizmatga layoqatli boʻlgan chaqiruv yoshidagi yigitlar umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarida sinovdan oʻtkazilmoqda. Bunda ular turnikda tortilish, 100 metrga, 3000 metrga yugurish mashqlarida ishtirok etib, jismoniy imkoniyatlarini namoyish etishmoqda. Jismoniy tayyorgarlik sinovidan oʻtgan chaqiriluvchilar yakka tartibda suhbatdan oʻtkaziladi. Munosib deb topilgan chaqiriluvchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Tanlovning uchta yoʻnalishidan ham muvaffaqiyatli oʻtgan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga olinadi, oʻtolmaganlar safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga tayinlanadilar.
2021-yilgi harbiy xizmatga chaqiruvga tayyorgarlik ishlari kun sayin avj olmoqda.
M.MADRAIMOV,
tuman Mudofaa ishlari boʻlimi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶