25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 16:54
Jamiyat 👁 360

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YoShLAR IShLARI AGENTLIGI AMUDARYo TUMANI BOʻLIMI BOShLIGʻI TAYINLANDI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YoShLAR IShLARI AGENTLIGI AMUDARYo TUMANI BOʻLIMI BOShLIGʻI TAYINLANDI

14-sentyabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻini tayinlash yuzasidan majlis boʻlib oʻtdi.

Majlisda Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi, senator Abatbay Daniyorov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov, tumandagi korxona-tashkilotlar rahbarlari, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev kirish soʻzi bilan ochdi. Tuman hokimi oʻz soʻzida davlatimiz rahbari tashabbusiga koʻra, yoshlar bilan bogʻliq soha va yoʻnalishlarda yagona davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish, shuningdek, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularga ijtimoiy-iqtisodiy tarafdan yordam koʻrsatish, bandligini taʼminlash, yoshlarga oid davlat siyosatini sifatli hamda oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilganligini taʼkidladi.

Taʼkidlanganidek, bu borada Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan yangilash va yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” Qarori imzolangan edi.  Ushbu qonun hujjatlari asosida Yoshlar ishlari agentligi – yoshlarga oid davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa yoʻnalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi etib belgilandi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Agentlikning boshqarmalari, tumanlarda (shaharlarda) boʻlimlari tashkil etildi.

Yigʻilishda Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi, senator Abatbay Daniyorov soʻzga chiqib, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilib, yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligi xususida soʻz yuritdi. Tashkil qilinayotgan Yoshlar ishlari agentligi yurtimizdagi yoshlarga oid davlat siyosatida eng katta yangilik boʻlib, uning joylardagi boʻlimlariga munosib nomzodlarni tayinlash muhimligini alohida taʼkidladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi lavozimiga yoshlar siyosatidagi islohotlarning tumandagi ijrosi borasida oʻzining salmoqli hissasini qoʻshib kelayotgan yoshlardan biri boʻlgan Davletov Jasurbek Xolmurotovich tayinlanganligini maʼlum qildi.

Jasurbek Davletovning shu davrga qadar mehnat faoliyati, yaʼni Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi raisi oʻrinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Uning ish faoliyati mobaynida tumanimizdagi yosh avlod egalarining, jamiyat hayotida tutgan oʻrnini mustahkamlash, tashabbuskor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlarning orzu-intilishlari, maqsadlariga erishishlarida amaliy yordam koʻrsatish borasida oʻzining munosib hissasini qoʻshganligi alohida aytib oʻtildi.

Yigʻilish ishtirokchilari Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi vazifasiga tayinlangan Jasurbek Davletovning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilashdi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026