25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 16:54
Jamiyat 👁 312

AMUDARYo TUMANIDA HAM “AQLLI” ELEKTR HISOBLAGIChLAR OʻRNATILMOQDA

AMUDARYo TUMANIDA HAM “AQLLI” ELEKTR HISOBLAGIChLAR OʻRNATILMOQDA

Tejamkorlik – barcha sohalar taraqqiyotini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, elektr energiyasi taʼminotida tejamkorlikka erishish mamlakat ishlab chiqarishining barcha yoʻnalishlarida barqaror rivojlanishni taʼminlaydi. Shu bois, mamlakatimizda energiya-tejamkor resurslardan unumli foydalanish bilan birga, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, sarflangan elektr energiyasining aniq hisob-kitobini yuritish, isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini keng joriy etish orqali ularga zamonaviy shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Maʼlumki, Prezidentimizning 2018-yil 23-oktyabrda “Elektr energiyasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilingan edi. Unga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsionerlik jamiyati tomonidan 2020-yil yakunigacha mamlakatimizda 7 mln.dan ortiq isteʼmolchilarning barchasi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi belgilab berilib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirila boshlandi.

Mazkur tizimning afzalliklari shundaki, tizimga ulangan isteʼmolchilar elektr taʼminoti korxonasi yoki banklar eshigida navbatga turishmaydi, hisoblagich oʻrnatilgach, tizimga ulanadi va kod kiritilib, hisob raqam ochiladi. Isteʼmolchilarga barcha maʼlumotlar SMS xabar orqali avtomatik tarzda yetkazib turiladi, hisoblagichdagi maʼlumotlarni kompyuter qatʼiy nazorat qiladi.

 

Ayni kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng yirik tumanlaridan biri hisoblangan Amudaryo tumanida ham aholi xonadonlariga va yuridik subʼektlariga zamonaviy hisoblagichlar oʻrnatish va elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulash ishlari olib borilmoqda. Tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan energiya resurslarini hisobga olish va nazorat qilish uskunalari oʻrnatish boʻyicha ishlar boshlanishidan oldin joylardagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali maishiy isteʼmolchilarni bu borada xabardor qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, joylarda tuman elektr taʼminoti korxonasi mutaxassislari tomonidan yangi hisoblagichning afzalliklari, undan foydalanish yoʻl-yoʻriqlari haqida aholiga keng tushunchalar berilayotgani bois, isteʼmolchilar bilan taʼminotchi korxona oʻrtasida hech qanday tushunmovchilik va muammo boʻlmayapti.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, 2020-yil oxirigacha tumandagi 38 ming isteʼmolchi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi koʻzda tutilgan. Yil oxirigacha tumandagi 35 ming 600 ta aholi xonadonlariga 100 foiz, yuridik subʼektlarga esa 2400 ta yangi elektr hisoblagichlar oʻrnatiladi. Buning uchun 38 mingta yangi hisoblagich uskunalari keltirilib, ayni  paytda ushbu hisoblagichlarni aholi xonadonlariga oʻrnatish ishlari boshlab yuborildi.

Amudaryo tumanida ayni paytda hisoblagichlar maxsus mutaxassis xodimlar tomonidan Oybek, Navoiy, Beruniy nomli, Olmazor, Boʻston, Chordara mahallalaridagi xonadonlarga oʻrnatilib, boshqa mahallalarda, ovullarda ham davom ettirilmoqda. Shu qatorda aholiga yangi hisoblagichlarning ishlash tizimi toʻgʻrisida keng tushunchalar ham berib borilmoqda. Yangi elektr hisoblagichlar isteʼmolchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati mablagʻlari hisobidan bepul oʻrnatilmoqda.

Shu oʻrinda yurtdoshlarimizdan mutaxassislarning elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini oʻrnatishlariga imkon yaratish maqsadida oʻz mahallasiga yoki koʻchasiga elektr taʼminoti korxonasi vakillari tashrif buyurganida uyida boʻlishlarini soʻraymiz. Shuni ham unutmaslik kerakki, yangi hisoblash qurilmasini tizimga bepul ulatishga qarshilik koʻrsatgan yoki bunga beparvo qaragan imteʼmolchilar tarmoqdan ajratiladi va keyinchalik elektr hisoblagichlarni oʻz hisobidan oʻrnatishlariga toʻgʻri keladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026