Mutaxassislik sening kelajaging
2014-yil 10-may kuni Nukus Davlat pedagogika universiteti qoshidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyida "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpogʻiston respublikasi kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashining oʻrta maxsus kasb hunar taʼlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligining 2014-yil 5-maydagi qoʻshma qaroriga asosan maktab bitiruvchilarining kasb tanlashishiga koʻmaklashish, ularni akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishtirish, taʼlim muassasalari orasida oʻzaro zamonaviy oʻqitish sistemalari bilan tajriba almashishlari va kasb hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash maqsadida "Mutaxassislik sening kelajaging” mavzusidagi koʻrgazma tashkil qilindi.
Ushbu koʻrgazmada tumandagi mavjud 9 ta oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻz mutaxassisliklari va yoʻnalishlari bilan toʻliq ishtirok qilishdi.
Koʻrgazmaning ochilish marosimi 2014-yil 10-may kuni soat 1000 da boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmaning ochilish marosimiga "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, Amudaryo tuman prokuraturasi xodimlari, Amudaryo tumani "Bandlikka koʻmaklashish markazi” xodimlari, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Amudaryo tuman kengashi xodimlari, Amudaryo tuman XTMFMTTE boʻlimi xodimlari va XTMFMTTE boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablari 8-9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Koʻrgazmada 74 ta umumtaʼlim maktablarining 8-9-sinflarida tahsil olayotgan 3500 nafardan ortiq oʻquvchilar tumanimizda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik litsey faoliyati bilan tanishdilar.
Koʻrgazmada kasb hunar kolllejlari va akademik litsey oʻz taʼlim muassasasi turmushi, unda tayyorlanadigan mutaxassisliklar, yoʻnalishlar tasvirlangan bannerlar, oʻquvchilarning zamonaviy bilim va kasb egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar, toʻgaraklar, markazlar, 9-sinf bitiruvchilariga moʻljallangan bukletlar, taʼlim muassasasining turli sohalardagi erishgan yutuqlari haqidagi koʻrgazmalari, videoroliklari bilan qatnashishdi. Ayniqsa yengil sanoat, naqqoshlik, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash, dizayn, non va makaron mahsulotlarini tayyorlash boʻyicha maxsus uskuna va dastgohlar maktab oʻquvchilarida katta qiziqish uygʻotdi.
Bundan tashqari koʻrgazma davomida tumanimizda joylashgan 8 ta kasb hunar kolleji va 1 ta akademik litsey oʻqituvchilari ishtirokida "Zamonaviy taʼlim texnologiyalari” mavzusida seminar treninglar tashkil qilindi. Seminar treningda oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh va qiziquvchan oʻqituvchilar axborot kommunikatsiya texnologiyalarini dars jarayonida qoʻllash boʻyicha oʻz bilim va tajribalarini orttirishdi.
Koʻrgazmada faol ishtirok etgan, oʻz pavilonlarini talab darajasida va chiroyli bezagan, taqdimotini yuqori saviyada tashkil etgan kasb-hunar kollejlari jamoalari "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashining esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
Rahmatulla Matqurbonov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶