PROKUROR YuQORI QIShLOQ MAHALLASIDA YoShLAR BILAN UChRAShDI
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Navbatdagi lavhamiz bu borada tuman prokurori ishtirokida oʻtkazilgan yoshlar bilan uchrashuv yigʻilishi xususida.
Joriy yilning 22-avgust kuni tumanimizdagi Yuqori qishloq mahallasida yoshlarning bandligini taʼminlash, muammo va takliflarini oʻrganish qoʻllab-quvvatlash hamda ularga munosib shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida oʻtkazilgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda 2-sektor rahbari, tuman prokurori Javlon Muftullayev, tuman hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletovlar hamda faol yoshlar ishtirok etdilar.
Yigʻilishni tuman prokurori Javlon Muftullayev ochib berdi hamda ishtirokchilarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirib oʻtdi. Prokuror oʻz nutqida mamlakatimizda oʻtgan yillar mobaynida inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani xususida soʻz yuritdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalq hokimiyatchiligi printsipining muhim qoidalaridan biri sifatida inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilanganligi, ularning huquqiy himoyasini mustahkamlash, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va zamonaviy xizmatlar koʻrsatish koʻlami kengayib borayotgani, mamlakatimiz yoshlarining bilim va salohiyatlari, tadbirkorlik va innovatsion gʻoyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratib berilayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Darhaqiqat, yurtimizda keyingi davr mobaynida yoshlar bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratilib, oʻgʻil-qizlarning jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuchayib bormoqda. Kelajagi buyuk davlat barpo etishda navqiron avlod, yaʼni yoshlar munosib ishtirok etishmoqda.
Shu sababli ham kelajagimiz egalarining qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini roʻyobga chiqarish yoshlarga oid davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yoʻnalishi etib belgilanib, bu borada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumanimizning Yuqori qishloq mahallasida oʻtkazilgan mazkur uchrashuvda ishtirok etgan faol yoshlar barcha sohalar, ayniqsa, tadbirkorlikka doir oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Muloqot chogʻida turli masalalarga oid 14 murojaat kelib tushdi, ulardan 4 tasi shu yerning oʻzida qanoatlantirildi, 10 tasi esa tegishliligi boʻyicha hal qilinishi mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi. Murojaatlardagi masalalar asosan yoshlarning oʻz bandligini taʼminlash, tadbirkorlikning turli yoʻnalishlari bilan shugʻullanishlari uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam olish mazmunida boʻldi. Ushbu murojaatlarni ijobiy hal qilish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan kelishib olindi.
Erkin muloqot tarzida oʻtgan uchrashuv davomida yosh avlod vakillarning kelgusidagi rejalari, maqsad va intilishlari bilan ham tanishildi.
Suhbat soʻnggida mutasaddilar yoshlarni jamiyat hayotida yanada faol boʻlishga, oʻz ustida astoydil ishlab, maqsad sari olgʻa intilishga daʼvat qildilar. Kelajakda mamlakat ravnaqiga munosib hissa qoʻsha oladigan darajada yetuk, komil inson boʻlish uchun faqat oʻqish va izlanish, intilish kerakligi haqida soʻzladilar. Shu barobarida oʻz hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, taklif va maslahatlar ham berdilar.
Charos Arslonova, tuman hokimliginingAxborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶