16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 21:43
Jamiyat 👁 533

TUMAN DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI SAMARALI FAOLIYaT YuRITMOQDA

TUMAN DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI SAMARALI FAOLIYaT YuRITMOQDA

Bugungi kunda mamlakatimizda davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi jadallik bilan rivojlanib borilmoqda. Joylarda davlat xizmatlari markazlari yangi zamonaviy binolarga ega boʻlib, fuqarolar hamda ishchi-xodimlar uchun keng sharoitlar yaratilgani ham fikrimizning isbotidir.

Barcha qulayliklarga, sharoitlarga ega boʻlgan Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi bugungi kunda fuqarolarga davlat xizmatlarini koʻrsatish yoʻlida samarali faoliyat olib bormoqda.

Maʼlumot tariqasida aytish joizki, mazkur markaz tomonidan 2020-yilning birinchi yarmida yangi roʻyxat va qayta roʻyxatda oʻtkazish boʻyicha jami koʻrsatilgan davlat xizmatlari soni 25 ming 608 tani, undan tashqari koʻrsatilgan jami xizmatlar soni 24 ming 991 tani tashkil qiladi. Shuningdek, shu davrga qadar jami 538 nafar jismoniy va yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, shundan bittasi xorijiy korxona, 129 tasi yuridik shaxslar, 408 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlar hisoblanadi. Qolaversa, joriy yilning shu davri holatiga koʻra, tuman Davlat xizmatlari mazkazi tomonidan 79 ta jismoniy va yuridik shaxslar qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 33 tasi yuridik shaxslar hamda 46 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlardir.

Shu oʻrinda aytish joizki, mamlakatimizda davlat xizmatlarini koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga har tomonlama qulay shart-sharoitlarni taʼminlashga katta eʼtibor brilmoqda. Shu maqsadda, qolaversa, aholining maʼlumotnoma soʻrab, qimmatli vaqti turli idoralarga sarson boʻlishlarining oldini olish, bunda “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyilini amalda roʻyobga chiqarish va eng muhimi, xalqimizning davlat organlari va ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga boʻlgan ishonchini qozonish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrda “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi.

Shuningdek, Yagona markazlarning tumanlar va shaharlar hokimliklari tuzilmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilishi mazkur sohani rivojlantirish boʻyicha asosiy qadam boʻlib, vertikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish imkonini berdi. 2018-yil 1-yanvardan ular Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi.

Albatta, ushbu markazlar aholiga bir qator qulayliklar yaratdi. Birinchi navbatda jismoniy va yuridik shaxslarning idoralararo sarson boʻlishi va ortiqcha vaqt sarflashlariga chek qoʻyildi. Endilikda fuqarolar emas, balki hujjatlar harakatlanishi asosiy mezon sifatida belgilandi. Koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari soni bosqichma-bosqich amalga oshirib borilmoqda.

Amudaryo tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga sayyor tartibda ham xizmatlar koʻrsatilmoqda. Haftaning shanba va yakshanba kunlari tumanning olis hududlaridagi ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlari, taʼlim maskanlarida sayyor uchrashuvlar, targʻibotlar hamda sayyor roʻyxatdan oʻtkazish ishlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning shu davriga qadar sayyor tartibda koʻrsatilgan davlat xizmatlari soni 1 ming 127 ta boʻlib, shu tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tadbirkorlik subʼektlari soni 31 tani tashkil qildi.

Markazda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmati koʻrsatish namunali yoʻlga qoʻyilgan, murojaatchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Ijtimoiy masofani saqlagan holda tartibli navbat joriy etilgan. Murojaatchilar markazda oʻrnatilgan maxsus infokioskda elektron raqamli imzo kaliti orqali bemalol foydalanish, kerakli maʼlumotnomani esa shu infokioskning oʻzida chop qilib olish imkoniyatiga ega. Markazga kelgan fuqarolar bu yerda yaratilgan qulayliklar, sharoitlar va koʻrsatilayotgan xizmatlardan mamnun.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026