25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 19:43
Jamiyat 👁 246

NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Yurtimizda koronavirusga chalinish, kasallikning yangi oʻchoqlari paydo boʻlish holatlarining kamaymayotgani aholidan   kasallikka qarshi kurash borasida oʻrnatilgan karantin talablariga qatʼiy rioya qilishni  taqozo qilmoqda. Tumanimizda bu boradagi ahvol muntazam nazorat qilinib, aniqlangan kamchiliklar boʻyicha  profilaktik tushuntirish ishlari muntazam  olib borilayotir.

     Shu yilning 22-iyunida Milliy gvardiya xodimi Marat Abdiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanitariya epidemiologiya osoyishtalik xodimi Roxat Xojalapesov, tuman Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori Amangeldi Nagmetov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya epidemiologiya nazorati boshqarmasi  tuman filiali inspektori Norgul Atabayevalar ishtirokida tumanimizda navbatdagi nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

      Qoraqalpoq hududiy elektr taʼminoti aktsiyadorlik jamiyatining tuman filialida  koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlariga amal qilinish holati oʻrganilganida filial binosi kirish eshigiga dezinfektsion toʻshama qoʻyilmagan, eshiklar tutqichlari xlorli dezinfektsiyalangan mato bilan oʻralmaganligi maʼlum boʻldi. Idora xodimlarining va tashrif buyuruvchilarning kelib-ketishlari maxsus jurnalga  qayd etilmagan, keluvchilarning tana haroratini oʻlchash uchun teplovizor, antiseptik vositalar mavjud emasligi aniqlandi. Shuningdek, ayrim xodimlar tibbiy niqobsiz ishlashmoqda, karantin qoidalari haqida eslatmalar ham yoʻq, tashrif buyuruvchilar orasida oraliq masofa saqlanmayapti. Aniqlangan kamchiliklar boʻyicha korxona rahbari, xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi va bayonnoma rasmiylashtirildi.

       Chordara mahallasining “Ozodlik” koʻchasida joylashgan Ravshan Otajonovaga qarashli milliy shirinliklar va qandolat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi doʻkonda ham kirish eshikka dezinfektson toʻshama qoʻyilmagan, eshik tutqichlariga xlorli matolar bilan ishlov berilmagan, karantin qoidalariga amal qilish boʻyicha eslatmalar qoʻyilmaganligi aniqlandi. Xuddi shunday kamchiliklar “Buyuk Turon” koʻchasida joylashgan “Ilhom xonqa” doʻkonida ham mavjudligi, sotuvchilar tibbiy niqob taqmasdan savdo qilishayotganligi uchun tadbirkorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

       Ushbu mahallada yangidan qurilayotgan binoda uch nafar fuqaro tibbiy niqob taqmasdan ishlayotganligi aniqlanib, ularga profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi va maʼmuriy bayonnoma tuzildi. Mangʻit Dehqon bozori atrofidagi oshxona-kafelar  karantin qoidalariga zid ravishda faoliyat yuritayotgani yetmaganday, xizmatchilari maxsus kiyim, qoʻlqoplarsiz xizmat koʻrsatishayapti, tibbiy niqoblarni ham notoʻgʻri taqishgan. Bu haqda ham maʼmuriy bayonnoma tuzilib, tegishli tartibda javobgarlik belgilandi. Shuningdek, Buyum bozorida nazorat  tadbirlari davom ettirilganida baʼzi sotuvchilar tibbiy niqobsiz faoliyat yuritayotganliklari, bozorga kelgan baʼzi fuqarolar niqobni qoidaga rioya qilmasdan taqsa, baʼzilari umuman niqobsiz yurishgani aniq boʻldi. Bozor kirish eshigi oldiga maxsus dezinfektsion barer oʻrnatilgan. Maxsus xodim  shaxsiy himoya kiyim va teplovizor bilan taʼminlangan. Bozor ichida joylashgan  Nodira Xudoyberganovaga qarashli kiyim tikish tsexi  chevarlari esa tibbiy niqobsiz faoliyat yuritayotganliklari aniqlandi. Shuningdek, bozor hududida ham tibbiy niqobsiz harakatlanayotgan bir necha fuqarolar aniqlanib ogohlantirildi va profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Nazorat tadbirlari shuni koʻrsatdiki, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralariga  hamma ham birday amal qilmayapti.

   Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tezroq bartaraf etilib, tinch-osoyishta kunlarga yetishni hammamiz ham chin koʻngildan istaymiz, shunga umid qilamiz. Buning uchun esa hamjihatlikda, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda kurashishimiz lozimligini ham unutmaylik!


 Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026