KOʻNGILLAPDAN BOShLANGAN OBODLIK MAHALLALAPDA DAVOM ETMOQDA
Obodlik – koʻngillardan boshlanadi. Koʻngli obod insonning oilasi, xonadoni, hovlisi-yu tomorqasi, mahallasi va el-yurti obod boʻladi. Chunki inson koʻnglidagi obodlikdan rang olgan koʻchalar, mahalla guzarlaridagi goʻzallik Vatanga koʻrk-u tarovat bagʻishlaydi.
Aslida oʻzbek xalqiga uying ostonasini tozala, deyishning oʻzi nooʻrin tuyuladi. Boisi, har bir oʻzbek xonadonining doimiy rioya qiladigan tonggi amali hovli-joyini, ostonasini, koʻcha yuzini supirib-sidirib, suv sepish, moʻʼjazgina gulzoriga tartib berish. Albatta, bu yumushlarning boshida koʻpni koʻrgan nuroniylarimiz turishadi. Shuning uchun ham xalqimiz uyidan koʻchani ayirishmaydi.
Darvoqe, uy ham, koʻcha ham oʻzimizniki, uning tozaligi va obodligi esa ona Vatanimiz goʻzalligiga goʻzallik qoʻshadi.
Ayni kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman!” shiori ostida “Obod mahalla, obod koʻcha, obod xonadon” dasturi doirasidagi keng qamrovli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tumanimizda ham Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻilmi tashabbusi bilan ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari tomonidan mazkur dastur doirasida iyun-avgust oylarida amalga oshiriladigan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, shu asosda amaliy ishlar olib borilmoqda. Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan rejaviy-jadval asosida har bir ovul va mahallada fuqarolarning oʻzlari yashab turgan xonadon, koʻcha va mahalla hududini obodonlashtirish, xonadonlarda yuksak sanitariya madaniyatini qaror toptirishda oʻzaro birlashib, ahil-inoqlik bilan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi tadbirlarida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Vazirligi tomonidan tumanimizga birkitilgan Vazirlik yetakchi mutaxassisi Gulasen Ubbiyeva tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi ishchi guruhi aʼzolari bilan birgalikda ovul va mahallalarda tez-tez boʻlib, tomorqa xoʻjaligini yuritish, aholi tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar, targʻibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Yaqinda Gulasen Ubbiyeva ishchi guruh aʼzolari hamrohligida Mangʻit shahrining bir nechta mahallalarida boʻlib, aholi vakillari bilan uchrashdi. Xususan, Oybek nomli mahallalar aholisi tomonidan amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Koʻcha boʻylariga ekilgan dov-daraxtlarga shakl berish, uylarning fasad qismlarini taʼmirlash, bezatish, mahalla guzarida soʻlim gulzorlar barpo etish ishlari koʻngildagidek olib borilayotganini taʼkidlab, bu borada zarur tavsiyalar berdi. Ammo Boʻston va Beruniy nomli mahallalardagi holat bilan tanishilganida baʼzi xonadonlar, oshxonalar binosi tashqarisida axlat uyumlari yotganligi, ularning egalari bunga beparvo qarab, qarovsiz tashlab qoʻyganligi maʼlum boʻldi. Mutasaddilar bu kamchiliklarni bartaraf etish, agar yana shunday holatlar aniqlansa, bu boʻyicha jiddiy choralar koʻrilishi haqida xonadonlar va oshxona egalari bilan birga fuqarolar yigʻini masʼullarini ham ogohlantirdilar.
Shuningdek, Gulasen Ubbiyeva Mangʻit shahrining Olmazor, va Yangiobod mahallalari hududida aholi tomonidan bajarilgan keng qamrovli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini ham borib koʻrdi. Biri-biridan obod va fayzli koʻchalar, xonadonlar, “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman!” shiori ostida birlashib, oʻzaro ahillikda yashayotgan, uy-joylari va mahallasini yanada obod va koʻrkam goʻshaga aylantirishdek ezgu maqsad bilan yashayotgan aholi vakillari bilan uchrashib, ularning ezgu orzulariga, quvonch va tashvishlariga oshno boʻldi. Shu barobarida mazkur mahallalar aholisi uchun umumiy boʻlgan muammolarni oʻrgandi. Kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish choralariga toʻxtalib, bu muammolarni imkoni boricha ijobiy hal etish yuzasidan tuman Mahalla va Oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi masʼullariga, ishchi guruh aʼzolariga zarur tavsiya va koʻrsatmalar berdi.
Gulasen Ubbiyeva qaysi ovul va mahallada boʻlmasin, amudaryoliklar qalbida joʻsh urgan obodlik tuygʻusi barcha mahallalarga, har bir oila va xonadonga koʻrkamlik baxsh etib turganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶