1-3-may kunlari hududimizda ob-havo oʻzgarib, kuchli yomgʻir va shamol boʻlishi mumkin
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi ogohlantiradi:
Joriy yilning 1-3-may kunlari hududimizda ob-havo oʻzgarib, kuchli yomgʻir va shamol boʻlishi mumkin. Shu sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarning oldini olish va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida quyidagi chora tadbirlar amalga oshirilib, xavfsizlik qoidalariga amal qilishingizni soʻraymiz:
- aholi yashash uylari hamda muassasa, korxona va tashkilotlar imoratlarining tom bostirmalarini oʻrganib chiqib, zarur hollarda mahkamlash;
- elektr va aloqa ustunlari (stolba) atrofidagi daraxtlarning shoxlarini butash;
- avtotransport vositalarini daraxtlar, yoʻl belgilari, katta reklama bannerlari va qurilmalarining yonida qoldirmaslik;
- suv toshqinining oldini olish maqsadida belgilangan ariq-zovurlar hamda kanalizatsiya tarmoqlarini tozalash;
- imoratning barcha ochiq boʻlgan joylari, eshik va oynalarini mahkam qilib yopish;
- har qanday maishiy texnikalarni elektr toki va gaz tarmoqlaridan ajratish lozim.
Hurmatli fuqarolar!
Kuchli shamol vaqtida koʻchaga chiqmang! Agar bunday vaqtda koʻchada boʻlsangiz imoratlar, koʻpriklar, daraxtlar va avtomobillarga yaqinlashmang, agar avtomobilda boʻlsangiz tezlikni oshirmang, daryo va qirgʻoq boʻylaridagi yoʻllarda iloji boricha xarakatlanmang.
Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!
Eng xavfsiz joy – bu sizning uyingiz. Uyda qoling!
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶