25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 22:23
Jamiyat 👁 606

AHOLI BANDLIGIGA KOʻMAKLAShISh MAPKAZI IShSIZ FUQAPOLAPGA KOʻMAKDOSh BOʻLMOQDA

AHOLI BANDLIGIGA KOʻMAKLAShISh MAPKAZI IShSIZ FUQAPOLAPGA KOʻMAKDOSh BOʻLMOQDA

Koronavirus – dunyo mamlakatlari tomonidan pandemiya sifatida tan olinib, bu ofatga qarshi keskin kurash boshlanishi bilanoq  mamlakatimizga ushbu kasallik kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan keskin choralar koʻrildi. 19-mart sanasida bu borada Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti tomonidan “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon qabul qilindi. Ushbu Farmon asosida Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligi tomonidan Inqirozga qarshi jamgʻarma hisobidan Jamoat ishlari jamgʻarmasiga qoʻshimcha 200 mlrd. soʻm ajratildi.
Mablagʻlar ishsiz, band boʻlmagan fuqarolarni ish bilan taʼminlash, shuningdek, mahallalarda qoʻshimcha infratuzilma obʼektlari va obodonlashtirish, koʻklamzorlashtirish hamda qurilish ishlariga yoʻnaltirilishi reja qilingan edi. Bu boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida har bir tuman va shaharda koronavirusga qarshi kurashish, sanoat, xizmat koʻrsatish, savdo, transport, logistika sohalari va boshqa korxonalarning barqaror ishlashini taʼminlash kabi maqsadlar koʻzda tutilib, tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, Inqirozga qarshi kurashish Pespublika komissiyasining 2020-yil 27-martdagi  18-sonli bayonnomasiga koʻra, koronavirus pandemiyasiga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilishi davrida ishsiz fuqarolar, chet davlatlarga ishlash uchun chiqib keta olmagan shaxslar, shuningdek, vaqtinchalik ishsiz qolgan xodimlarni jamoat ishlariga jalb qilishni kengaytirishga ruxsat berildi. Shu bois, tumanimizda koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan keng qamrovli ishlar  amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020-yilning aprel oyida markaz tomonidan haq toʻlanadigan jamoat ishlariga 633 nafar fuqaro jalb qilinib, ularga har besh kundan ish haqlari berib borilmoqda. Tarmoqlar boʻyicha 274 nafar fuqaro vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etildi va ayni paytgacha ularga 91 mln. soʻm miqdorida ish haqi berildi.

Shu kunlarda markaz tomonidan pandemiya sababli haq toʻlanadigan vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etilgan fuqarolar karantin tartibiga rioya qilgan holda mehnat faoliyatlarini amalga oshirishmoqda. Ayniqsa, tumanimiz hududiga kirish chegarasida tashkil etilgan blok-postlarga posbon sifatida vaqtinchalik ishlarga jalb etilgan fuqarolar oʻz ishlariga astoydil yondoshib, karantin munosabati bilan oʻrnatilgan tartib-qoida va cheklovlarga qatʼiy amal qilinishi taʼminlanishiga koʻmak berishmoqda.  Choykoʻl ovuli va Bogʻ mahallasida tumanimiz hududiga kirish chegarasiga oʻrnatilgan  blok-postlarda ham vaqtinchalik ishga jalb etilgan fuqarolar dezinfektsiya va nazorat ishlarini amalga oshirib, koronavirusning tumanimizga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga fidoyilik bilan hissa qoʻshishmoqda.

Fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilishda oʻzgalar parvarishiga muhtoj, yakka-yolgʻiz kishilarga xizmat koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratildi. 30 nafar fuqaro aynan ana shunday yakka-yolgʻizlarga qarovchilar sifatida vaqtinchalik ish bilan taʼminlandilar va ularga 9 mln. soʻm ish haqi hisob-kitob qilindi. Shuningdek 18 nafar kishi SEO markaziga dezinfektsiya ishlariga, 11 nafar yoshlar “Chorvanasl” markazi tuman boʻlimiga texnik-osemenator sifatida, 10 nafar fuqaro tuman Prokuraturasi tomonidan koʻchma savdo markazlariga, 131 nafar fuqaro IIB orqali yordamchi posbon sifatida karantinga olingan oilalarga biriktirilgan boʻlsa, 9 nafar fuqaro qurilish-taʼmirlash, infratuzilma obʼektlari qurilishiga, 142 nafar fuqaro esa tadbirkorlik subʼektlari va nodavlat tashkilotlarga, 8 nafar fuqaro tumanimiz hududida tashkil etilgan blok-postlarga posbon sifatida vaqtinchalik ishlarga jalb etilib, ularning barchasiga ish haqlari oʻz vaqtida toʻlab borilmoqda. Aprel oyi boshidan beri haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan fuqarolarga jami 534,5 mln. soʻm mablagʻ ish haqi sifatida berildi.

Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan tumanda koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga taʼsirini yumshatish yuzasidan olib borilayotgan ishlar mamlakatimizda karantin holati bekor qilinib, xalqimiz hayoti izga tushgunga qadar davom ettirilishi koʻzda tutilgan. Maqsad esa bitta – xalqimizning xotirjam, osoyishta, sogʻlom hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashishdir.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026