16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 03:46
Jamiyat 👁 1,303

Amudaryo tumani hokimining qarori: avtomototransport vositalari, velosiped va skuterlarning harakatlanishi karantin davrida vaqtincha toʻxtatiladi

Amudaryo tumani hokimining qarori: avtomototransport vositalari, velosiped va skuterlarning harakatlanishi karantin davrida vaqtincha toʻxtatiladi

Amudaryo tumanida koronavirus infektsiyasi tarqalishining  oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Amudaryo tumani hokimining qarori

Amudaryo tumanida aholining sanitariya-epidemiologik tinchligini va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olishda tegishli davlat va jamiyat boshqaruv organlari hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, fuqarolarning hayoti va sogʻligini muhofaza qilish hamda Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5969-sonli, 2020-yil  3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5978-sonli Farmonlari, Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 176-sonli, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashining 2020-yil 25-martdagi “Koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 91-sonli qarorlari, Oʻzbekiston Pespublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 31-moddasiga va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-25-moddalariga asosan QAPOP QILAMAN:

1. Tuman hududida koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish, fuqarolarning sogʻligini saqlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtobus, mikroavtobus, yengil avtotransport vositalari, shuningdek velosiped, skuter va mototransport vositalarining harakatlanishi karantin davrida vaqtincha toʻxtatilsin.

2. Harakatlanishga ruxsat etilgan ayrim avtotransport vositalarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin, bunda tegishli tashkilotlarning ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga jalb qilinadigan xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining sonini minimal miqdorlarga qadar kamaytirilishini taʼminlansin.

3. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (U.Xudaybergenov), Tuman davlat soliq inspektsiyasi (O.Ashirbayev), Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspektsiyasi Amudaryo tuman filiali (D.Bobojanov) va Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi (T.Babaniyozov)larga:

tuman hududida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtobus, mikroavtobus, yuk va yengil avto-mototransport vositalari hamda velosiped, skuter mototransportlarini harakatlanishini nazorat qilib borish topshirilsin;

karantin davrida karantin qoidalarini buzgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtobus, mikroavtobus, yuk va yengil avto-mototransportlari hamda velosiped, skuter moto-transport vositalari jarima maydoniga qoʻyilishini taʼminlasin;

chegaradosh tumanlar bilan kirish-chiqish yoʻllariga hamda tuman markaziga nazorat kirish chiqish postlarida kuchaytirilgan tartibda nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin;

tibbiy niqobsiz avtotransport boshqarayotgan haydovchilar va piyodalarga karantin talablarini buzganligi uchun choralar koʻrilsin;

tumanga kirib kelish va chiqishda avtotransport vositalarini dezinfektsiyalash choralari koʻrilsin.

Yuqoridagi talablarni bajarishda Amudaryo tumani markazi alohida nazoratga olinib, zarurat boʻlmagan taqdirda harakatlanayotgan avtotransport vositalari va fuqarolarning harakatlanishi toʻxtatilsin.

4. Tumandagi sektor rahbarlari, tegishli korxona, tashkilot rahbarlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari oʻzlariga bekitilgan hududlarda ushbu qaror talablarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash yuzasidan tuman aholisiga masofadan turib targʻibot tashviqot ishlarini olib borish topshirilsin.

5. Tuman hududida koronavirus infektsiyasi kirib kelishini oldini olish boʻyicha tuzilgan muvofiqlashtiruvchi shtab (M.Temirbayev)ga tuman hududida karantin holatlaridan kelib chiqib qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilab borish topshirilsin.

6. Amudaryo televideniyasi, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi (Gʻ.Yeshniyazov)  tuman hokimligi matbuot kotibi (Ch.Arslanova)ga ushbu qaror mazmun va mohiyatini fuqarolarga yetkazish tavsiya etilsin.

7. Ushbu qaror tuman “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda hokimlik rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash hamda nazorat qilish tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari, tuman Ichki ishlar boʻlimi (U.Xudaybergenov), Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspektsiyasi Amudaryo tuman filiali (D.Bobojanov) va Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi (T.Babaniyozov) zimmalariga yuklatilsin.

 

               Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashev,

2020-yil 13-aprel, №93-son

 

Amudaryo tumani hokimining 2020-yil “_13_” apreldagi №_93_-sonli qaroriga ilova

Zarurat tufayli M1 (faqat bir yoʻlovchi bilan) turidagi avtomototransport vositalarida harakatlanishi mumkin boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar ruyxati

Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi Paislari hamda ularning oʻrinbosarlari, hokim va uning oʻrinbosarlari xizmat avtotransport vositalari.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona posti, Qoʻriqlash boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlarining shaxsiy avtotransportlari.

Korxona va tashkilotlarning aholiga xizmat koʻrsatuvchi avtotransportlari.

Tijorat banklari xizmat avtotransportlari. (AT Xalq bankida xizmat koʻrsatuvchi pensiya tarqatuvchi avtotransportlari)

Kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarining (gaz, elektrenergiyasi, suv, toza hudud va obodonlashtirish) xizmat avtotransport vositalari.

Pespublika inkassatsiya xizmati DUK xizmat avtotransportlari.

Chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlarning xizmat avtotransportlari.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Qoʻngʻirot hududiy temir yoʻl uzeli va uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning xizmat avtotransportlari.

Dafn marosimlarida xizmat koʻrsatuvchi maxsus xizmat avtotransportlari. (Dafn marosimlarida xizmat koʻrsatish maqsadida)

Aloqa xizmatlarini koʻrsatish tashkilotlari “Oʻzbekistonpochtasi” AJ, “Oʻzbektelekom” AKga tegishli xizmat avtotransportlari.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xizmatavtotransportlari.

Yoʻl-patrul xizmati avtomobillari kuzatuvida harakatlanayotgan avtotransportlar.

Mavsumiy qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (faqat bir yoʻlovchi bilan) turidagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari.

Tumandagi gʻalla tarbiyasi, paxta ekishiga bogʻliq fermer xoʻjaliklari raislarining shaxsiy va fermer xoʻjaligi balansidagi texnikalari tuman markazidan tashqarida harakat etilishi belgilangan avtotransport vositalari.

Amudaryo tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspektsiyasi Amudaryo tuman filiali va Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi faoliyat yurituvchi xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari, (hozirgi kunda mehnat munosabatlarini amalga oshirayotgani haqidagi maʼlumotnoma boʻlishi kerak)

Tuman markazidan olis hududlarida joylashgan aholining yashash manzillariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi yakka tadbirkorlarning avtotransport vositalari. (Tadbirkorlik guvohnomasi boʻlishi kerak)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026