Shermetov Maxmud Jabbarberganovich - Amudaryo tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Shermetov Maxmud Jabbarberganovich 1986-yil Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Amudaryo tumanida tavallud topgan.
Oilali, ikki nafar farzandning otasi. Maʼlumoti oliy. 2009-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini suv xoʻjaligi va melioratsiya mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
U oʻz faoliyati mobaynida Amudaryo tumani hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspektsiyasi mutaxassisi, "Amudaryodavsuvmaxsuspudrat" davlat unitar korxonasi yetakchi mutaxassisi, tuman hokimligi ish yurituvchisi, tuman hokimining yordamchisi, tuman hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi vazifalarida samarali mehnat qilgan.
Shermetov Maxmud Jabbarberganovich 2017-yildan shu kunga qadar Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶