“BALLI, QIZLAP!” KOʻPIK-TANLOVIDA ENG FAOL QIZLAP ANIQLANDI
Qilichboy qishlogʻi hududidagi 15-maktabda “Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Koʻrik-tanlovda 10-sinf oʻquvchilaridan Durdona Haytboyeva, Mashhura Hamdamova, Hilola Karimova, Sevara Yusupova, Muhabbat Yoʻldosheva kabi eng faol qizlar qatnashdilar. Ular birinchi shartda oʻzlarini sheʼriy yoʻl bilan tanishtirib, kelajakdagi orzulari haqida soʻzlab berdilar. Ikkinchi shartda ishtirokchilar bahoriy salatlar tayyorladilar. Uchinchi shart talablari yanada qiziqarli boʻldi. Qizlar bahorni madh etuvchi sheʼrlar aytdilar.
Oxirgi toʻrtinchi shart boʻyicha bellashuvlarda eng ijodkor, eng oshpaz, eng orasta, eng nafosatli, eng sheʼrxon qizlar aniqlanib, ishtirokchilarning barchasi maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar va ularga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalar berildi.
Muxlisa Olimova,
15-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶