16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:39
Jamiyat 👁 204

“Yashil Oʻzbekiston – yashil mahallam!” shiori ostida tadbirlar oʻtkazildi

“Yashil Oʻzbekiston – yashil mahallam!” shiori ostida tadbirlar oʻtkazildi

Barcha zamonlarda ham xalqimiz oʻzaro mehr-oqibat, hamjihatlik bilan yashab, oʻz hayotiga oid quvonch-u tashvishlarini birgalikda baham koʻrishgan. Xalqimizga xos boʻlgan bu bobomeros qadriyat, ayniqsa, bahorda Navroʻz arafasida yanada yaqqolroq namoyon boʻladi.

Qipchoq shaharchasi hududida joylashgan 11-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilar va oʻquvchilar jamoasi uchun bayram arafasidagi kunlar haqiqiy maʼnodagi Navroʻzona qadriyatlar tantanasiga aylandi.

13-mart sanasida maktabning Beshtom mahallasi hududidagi filialida boʻlib oʻtgan bayram tadbirida mahalla faollari, oʻquvchilarning ota-onalari, filial pedagogika jamoasi ishtirok etishdi. Shu kuni maktab filiali binosi atrofi “Yashil Oʻzbekiston, yashil mahallam!” shiori ostida obodonlashtirilib, bayramona bezatildi. Hamjihatlikda ezgu niyatlar bilan bino atrofiga manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Ushbu xayrli ishda maktab oʻquvchilari ham faol qatnashdilar, koʻchatlar uchun chuqurchalar qazib, suv keltirdilar.

Tadbirda oʻqituvchilar va ota-onalar rahbarligida oʻquvchilar qadimiy taomimiz boʻlgan “Navroʻz goʻja” pishirish sanʼatini ham oʻrgandilar. Taomni tayyorlashda ishlatiladigan doshqozon, oʻtin, keli-kelisop va boshqa zarur narsalarni taxt qilishda barchasi birdamlikda koʻtarinki kayfiyat bilan qatnashdilar. Bahorning yetti xil neʼmati qoʻshib pishirilgan “Navroʻz goʻja” dasturxonlarga tortilishidan avval Beshtom mahalla fuqarolar yigʻini raisi Ozod Siytimov barchani elimizni yashil libosga burkab kirib keladigan Navroʻz ayyomi bilan tabrikladi.

Maktabning pedagoglar jamoasi ham barchani bayram bilan qutlab, shu kunlarda eng olis qishloq hamda ovullarda ham koʻchat ekish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari avjiga chiqayotganligini, bemorlar, yolgʻizlar  holidan xabar olinayotganligini, mehr-u saxovat ulashilayotganini soʻzlashdi. Shuningdek, filial oʻquvchilariga sifatli taʼlim-tarbiya berish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, oʻqituvchilarga davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar, erishilayotgan yutuqlar haqida ham gapirib oʻtdilar. Tadbirda ishtirok etayotgan ota-onalar, mahalla faollari ham Navroʻzi olam oʻlkamizga qadam qoʻyishi bilan hamma yon-atrofdagi mavjudotning uygʻonishi, kurtaklar va gul-chechaklar ochilishi, yer-u koʻk bagʻrida yuz berayotgan oʻzgarishlardan, bahor nafasidan bahramand boʻlishini, ona-tabiatimizning uzviy va ajralmas bir qismi ekanini chuqur his qilishini koʻtarinki ruh bilan ifoda etdilar.

Shundan soʻng, xushtaʼm bahor taomi – “Navroʻz goʻjasi” dasturxonlarga tortilib, bayram ishtirokchilarining barchasi bu xushxoʻr taomdan bahramand boʻldilar.

Bayram tomoshalari Navroʻzning mazmun-mohiyati, qadr-qimmatini taʼriflovchi, milliy urf-odatlarimizni ulugʻlovchi zavqli raqslar va kuy-qoʻshiqlar bilan davom etdi. Maktab oʻquvchilari ishtirokida tayyorlangan  badiiy-musiqiy dasturda  bahor va Navroʻz, mehnat hamda tinchlik, mustaqillikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi.

Shu kuni beshtomlik bolalar milliy oʻyinlarni ham oʻynadilar: chillak, beshtosh, arqon tortishuv, qoʻl kuchini sinash, oq terakmi koʻk terak kabi oʻyinlar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.

R. Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026