14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 22:09
Fan va taʼlim 👁 337

“Tabiat va biz” deb nomlangan tadbir oʻquvchilarning tabiiy fanlarga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi

“Tabiat va biz” deb nomlangan tadbir oʻquvchilarning tabiiy fanlarga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi

Mamlakatimizda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida mart oyi boshida tabiiy, yaʼni ximiya, biologiya, fizika fanlar oyligi deya belgilanganligi munosabati bilan turli tadbirlar oʻtkazildi. Tadbirlarda oʻquvchilarning bilimlari, fanlarga boʻlgan qiziqishlari oshirilib, dunyoqarashlari kengaytirildi.

Tumanimizdagi 3-sonli maktabda ham mazkur fanlarni oʻqitish zamonaviy talablar darajasida boʻlishini taʼminlash, fanlar oʻqituvchilarining pedagogik mahoratini  oshirish, ularning ijodiy izlanishlari va mehnatini roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bois, fan oyliklari doirasida oʻquvchilar bilimining davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlariga moslik darajasini aniqlash maqsadida  bilimlar bellashuvlari, viktorinalar va turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Shu yil 12-mart kuni boʻlib oʻtgan oylik doirasidagi yana bir tadbir “Tabiat va biz” deb nomlandi. Unda maktabning yuqori sinflari oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Atrof-muhit, insonni qamrab olgan tabiiy omillar – havo, suv, atmosfera, yer, oʻsimliklar, hayvonot dunyosi tabiatdir. Ona zaminimiz, musaffo havo, suv, quyosh nuri barcha-barchasi tabiatning  betakror moʻʼjizalaridir. Inson dunyoga keliboq ushbu neʼmatlardan bahramand boʻladi. Biroq butun hayoti davomida ularni qadrlay oladimi? Afsuski yoʻq! Shuning natijasida atmosferamiz ifloslanishi tobora kuchayib, tabiiy muvozanatga salbiy taʼsirini oʻtkazmoqda. Natijada turli ekologik muammolar tugʻilayapti.

Maktabda oʻtkazilgan “Tabiat va biz” deb nomlangan tadbirda dastlab shu haqda maʼruza qilindi. Biologiya fani oʻqituvchilari Komila Xolmurodova, Sapura Toʻraniyozova, Dinora Yesekeyeva, ximiya fani oʻqituvchilari Elza Shomurodova, Dilfuza Aynazarova, fizika fani oʻqituvchisi Sarvinoz Saʼdullayevalar hamkorligida tayyorlangan ushbu tadbirda oʻquvchilar chor-atrofga bahoriy koʻrkamlik va xush kayfiyat ulashuvchi gullarga taʼrif berdilar. Gullar inson ruhiyatini stresslardan va charchoqdan qutqarishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida ibratli soʻzlar, sheʼrlar ijro etdilar.

Sahnaga oʻquvchi yigit-qizlar koʻtarilib, hududimizda tabiiy ravishda oʻsadigan oʻsimliklar va atrof-muhit muvozanatini saqlab turishdagi ularning ahamiyati haqida koʻpgina maʼlumotlar aytdilar.

Buyuk ximik olim Mendeleyevning hayoti va faoliyati, u yaratgan davriy jadvalning ahamiyati haqidagi maʼruza ham tadbir tomoshabinlariga koʻpgina bilimlar berdi. Maktabning 10-sinf oʻquvchilari ishtirokida ijro etilgan “Orolning qaytishi” deb nomlangan sahna koʻrinishini yigʻilganlar koʻzlarida yosh bilan tomosha qilishdi.

Shuningdek, “Yosh fiziklar” toʻgaragi aʼzolarining fanga oid qiziqarli tajribalari, fizik fokuslari, fantamimolari barchaga ulkan taassurotlar hadya etdi.

“Tabiat va biz” deb nomlangan tadbir oʻquvchilarning tabiiy fanlarga boʻlgan qiziqishlari oshishiga xizmat qildi, bu borada oʻquvchilarning olgan bilimlarini sinovdan oʻtkazdi. Shu bilan birga ona tabiatimizga ongli munosabatda boʻlishga undadi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019