Qishloq va mahallalarda goʻzallik, nafosat bayrami
Tumanimiz qishloq va mahallalarida Navroʻz – umumxalq bayrami arafasida biri-biridan fayzli tadbirlar oʻtkazildi. Xususan, Amu elning eng chekka qishlogʻi – Qanglida boshlangan bayramoldi tadbirlari har bir mahalla va taʼlim muassasasida davom etdi. Uyshin mahallasi hududidagi 47-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan “Sumalakli Navroʻzimdan aylanay!“ deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirda maktab oʻquvchilari Navroʻzni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar ijro etishdi. Bayram dasturxoniga sopol kosalar toʻla qaynoq sumalak tortiq etishdi.

Qumyop mahallasida boʻlib oʻtgan bayramona tadbirda esa mahalla yoshlari bahorni, goʻzallik va nafosatni, baxtiyor yoshlikni, obod va farovon hayotni madh etuvchi sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar ijro etishdi. Biri-biridan goʻzal, bahoriy raqslar barchaga xushnudlik bagʻishladi.
M.ShOMURODOV olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶