25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:40
Jamiyat 👁 735

AZIZ AYoLLAP ShAPAFLANDI, KEKSALAP HOLIDAN XABAP OLINDI

AZIZ AYoLLAP ShAPAFLANDI, KEKSALAP HOLIDAN XABAP OLINDI

Mamlakatimizda, xususan tumanimizda ham ayol-qizlar bayrami aziz va muhtarama onajonlarga, opa-singillarga ehtirom tarzida keng nishonlandi. Oilalarimiz bagʻrida boshlangan bayramona xush kayfiyat nafaqat korxona-tashkilotlar, balki taʼlim muassasalarini ham chetlab oʻtmadi.

Tumandagi 40-sonli maktabda ham ushbu sana katta xursandchilik bilan nishonlandi. Oʻquvchilar ayol-qiz muallimlar – ustozlarini qoʻllarida gul, yuzlarida tabassum bilan ertalabdan bayramona kayfiyatda kutib olishdi. Oʻqituvchilar oʻzlariga koʻrsatilgan ehtirom va eʼtibordan juda mamnun boʻldilar va barcha oʻquvchilarga bayramona ruh bagʻishlaganlari uchun minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Maktabdagi bayramona kutib olish marosimidan soʻng, oʻqituvchi va oʻquvchilar mahallaning keksa onaxonlarini ham bayram bilan tabriklab, xursand qilish maqsadida ularning xonadonlariga borishdi.


Darhaqiqat, qiynalsak, togʻday suyanchigʻimiz, quvonganda doʻst-u qadrdonimiz,  och qolsak oshpazimiz, bemor boʻlsak shifokorimiz, adashsak toʻgʻri yoʻlni koʻrsatuvchi yoʻlchi-yulduzimiz, safarda boʻlsak duogoʻylarimiz, albatta, onalardir. Nafaqat oʻz oilasi va yaqinlari, farzandlari, balki Vatani uchun ham jonini berishga tayyor ayollarimiz borligi uchun biz bu yorugʻ olamda bormiz, baxtiyormiz. Agar taʼbir joiz boʻlsa, Orzigul momo Madaminova ana shunday ayollardan biridir. Orzigul momoning butun hayoti mehnat bilan, el-yurtga halol xizmat qilishdek xayrli ishlar bilan oʻtgan. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy taqchillik yillarida sabr-toqat bilan yashab mehnat qilgan, bugungi farovon kunlarimiz uchun yoshlik kuch-gʻayratini baxsh etgan onaxon ayni damda keksalik gashtini surmoqda. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni, ertangi kuni porloq xalqimizni duo qilishdan aslo charchamaydilar.
Qarilik gashtini surayotgan Orzigul momoni 40-sonli maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilari 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabriklab, holidan xabar oldilar. Oʻz navbatida momo ham oʻziga koʻrsatilgan hurmat va eʼzoz uchun minnatdorchilik bildirib, yoshlarni uzundan-uzoq duo qildi va el-yurtga omonlik tiladi.


Shundan keyin maktabda bayram munosabati bilan yuqori sinf oʻquvchi-qizlari oʻrtasida tashkil etilgan “Balli, qizlar” bellashuvi boʻlib oʻtdi. Bellashuvda qizlar 5 ta shart boʻyicha oʻz bilimlarini, turli yoʻnalishlar yuzasidan mahoratlarini namoyish etdilar. Xususan, pazandalik, chevarlik, bilimdonlik boʻyicha bahslarda oʻquvchi-yoshlar biri-biridan qolishmadilar. Ayniqsa, erkin mavzu boʻyicha belgilangan shartga koʻra har bir qiz oʻz iqtidorini namoyish etib, mahorat bilan uddaladi. Biri Ayollarni sharaflovchi sheʼr aytsa, biri goʻzallik va nafosatni madh etuvchi dilrabo raqs ijro etdi. Yana biri esa onalik mehr-muhabbati, insoniylikning goʻzal sifatlarini oʻzida mujassam etgan sahna koʻrinishlari orqali aziz va muhtarama Ayollarga cheksiz hurmat hamda ehtiromini ifoda etdi.

Tadbir yakunida qizlar turli yoʻnalishlar boʻyicha taqdirlandilar. Bellashuvda ishtirok etgan barcha qizlarga maktab maʼmuriyati, boshlangʻich xotin-qizlar hamda Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan esdalik sovgʻalari, faxriy yorliqlar taqdim etildi.

P.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026