Tuman mahalliy byudjetining 2019-yilgi ijrosi töğrisidagi hisobot
2019-yil uçun tuman mahalliy byudjeti tasdiqlangan daromadlar rejasi 40mlrd.550mln. sömdan ziyod bölib, yil davomida kiritilgan özgarişlardan keyin daromadlar rejasi 43mlrd.603mln.219ming sömni taşkil qildi. Uşbu rejaning yillik ijrosi 58mlrd.676mln.614,5ming sömga, yaʼni reja 134,6 foizga, 15mlrd.073mln.395,5 ming sömga ortiqça bajarildi.
Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Pespublikasi byudjetidan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 139mlrd.170mln.823ming sömni taşkil qildi.
2019-yil uçun byudjet xarajatlari tasdiqlangan rejasi jami 179mlrd.720mln.783ming söm bölib, hukumat qarorlari va topşiriqlari asosida yil davomida kiritilgan özgarişlardan keyin jami 223mlrd. 335mln. 189 ming sömni taşkil qildi. Yil davomida byudjet mablağlari xarajatlari hisobidan jami 237mlrd.498mln.175,5 ming sömlik mablağlar sarflandi.
Jumladan, Iqtisodiyot va qişloq xöjaligi sohasiga jami 21mlrd. 552 mln.168 ming sömga yaqin sarf-xarajat qilindi.
Maktabgaça taʼlim sohasiga jami 23mlrd. 586mln. 587,03 ming söm sarf-xarajat qilindi. Şundan maktabgaça taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan bolalar oziq-ovqat xarajatlari uçun 4mlrd. 599mln. 115,5 ming söm sarflandi.
Taʼlim sohasiga jami 128mlrd. 744mln. 192,39 ming söm sarf-xarajat qilindi. Şundan isitiş tizimini yaxşilaş va binolarni taʼmirlaş xarajatlariga jami 7mlrd. 222mln. 532 ming söm sarf qilindi.
Madaniyat va sport sohasiga jami 3mlrd. 238mln. 365,04 ming söm sarflandi. Soğliqni saqlaş sohasiga sarf qilingan mablağ 46mlrd. 442mln. 920,95 ming sömdan iborat. Uşbu mablağlardan 628mln. 349,2 ming söm tibbiyot muassasida davolanayotgan beʼmorlar oziq-ovqat xarajatlariga, 1mlrd. 301mln. 875,1 ming söm bemorlarning dori-darmon xarajatlariga, 1mlrd. 740mln. 034,8 ming söm soğliqni saqlaş muassasalarini taʼmirlaş xarajatlariga işlatildi.
Ijtimoiy taʼminot sohasiga 552mln. 121,37 ming söm sarf-xarajat qilindi. Boşqaruv organlari sohasiga 7mlrd. 675mln. 574,64 ming söm sarflandi. Özini özi boşqariş organlari sohasiga 3mlrd. 865mln. 042,08 ming söm işlatildi. Zaxira jamğarmasi mablağlari uçun işlatilgan mablağlar esa 1mlrd. 778mln. 355,79 ming sömni taşkil qildi. Şuningdek, boşqa xarajatlar uçun 62 mln. 848,48 ming söm mablağ sarf etildi.
Tasdiqlangan rejadan taşqari tuman hokimining tegişli qaror va farmoyişlari asosida ham sarf-xarajatlar amalga oşirildi. Uşbu xarajatlar yil boşidagi erkin qoldiq mablağlari hisobidan 3 mlrd. 228 405,42 ming söm, daromadlar rejasining ortiqça bajarilgan qismi mablağlari hisobidan jami 14 mlrd. 336mln. 379,13 ming sömni taşkil etdi.
Uşbu mablağlarning asosiy qismi tuman mahalliy byudjetidan moliyalaştiriladigan byudjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlari, ijtimoiy soha binolarini taʼmirlaşga hamda aholining turmuş farovonligini oşirişga sarflandi.
U.Bekniyazov,
Moliya bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶