Hisobot saylov yigʻilishi oʻtkazildi
Ayni kunlarda boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlarining hisobot-saylov yigʻilishlari oʻtkazilmoqda.
Tumandagi 36-sonli maktabda ham boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Peja asosida oʻtkazilgan yigʻilishda Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi U. Abdurahmonov va maktab direktori K Nurimbetovlar ishtirok etishdi.
Yigʻilishni maktab kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi A.Yuldashev ochib berdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab boshlangʻich kasaba uyushmasining 2015-2020-yillar davomidagi kasaba uyushmasi qoʻmitasi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi. Kun tartibidagi masala yuzasidan soʻzga chiqqan kasaba uyushmasi aʼzolari kasaba uyushmasi qoʻmitasining oʻtgan davrdagi faoliyati yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, uning faoliyatiga qoniqarli baho berishdi.
Yigʻilishda boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasining yangi tarkibi saylandi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi saylandi va tuman konferentsiyasiga delegat saylash masalasi koʻrib chiqildi.
U.Abdurahmonov,
Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba
uyushmasi tuman kengashi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶