ÖQUVÇINI ANIQ MAQSADLAR SARI YeTAKLAŞ – BIZNING VAZIFAMIZ
Baʼzan öqituvçilar ham, öquvçilarning ota-onalari ham öquvçilarning biror kasb-hunar yoki mutaxassislikka qiziqmayotgani haqida aytib, qölidan telefon tuşmasligidan nolib qolişadi.
Şu vaqtgaça men maktab amaliyotçi ruhşunos öqituvçisi sifatida ularga qanday javob bersam ekan, bolani kelajagiga bunday loqaydlik, telefonga boğliqlikdan qanday qutqarsa böladi, deb köp öylar edim.
Şu yil 6-fevral kuni maktabimizning yuqori sinflari öquvçilarining tuman hokimi S.Yöldaşev bilan uçraşuvi va birgalikda “Amudaryo sohili” fermer xöjaligiga qaraşli çorvaçilik kompleksiga borib, xöjalik aʼzolarining çetdan nasldor qoramollar olib kelib, çorvaçilik mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş borasida olib borayotgan işlari bilan tanişuvi natijasida öquvçilarimizning aynan uşbu sohaga qiziqişlari ortganini sezib, aslida ularni biron kasbga yoki mutaxassislikka qiziqişlarini uyğota olmagan özimiz aybdor ekanligimizni angladim. Öşa uçraşuvdan söng ham bir neça kungaça öquvçilar taassurotlarini qayta-qayta eslab yurişdi.
Tumanimiz rahbarining çorvaçilik yönalişida tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagida bölgan bitiruvçilarga hukumatimiz tomonidan köpgina imkoniyatlar yaratilayotgani haqidagi sözlari ularning könglida sohaga umid, iştiyoq uyğotdi. Şuningdek, “Şu elning ravnaqiga hissa qöşaman, işlayman” degan yoşlarni doimo qöllab-quvvatlaşga tayyorman” degan sözlari ularni tölqinlantirib yubordi.
Mening nazarimda, tumanimizda turli sohalarda tadbirkorlik faoliyati tufayli yo oliy öquv yurtlarida öqib, ilm-fan rivojiga qöşgan hissasi, soğliqni saqlaş, taʼlim sohalarida halol mehnati tufayli ulkan yutuqlarga erişgan, obrö-eʼtibor qozongan kişilar bilan uçraşuvlar, suhbatlar taşkil etiş, işlab çiqariş jarayonlari bilan taniştiriş öquvçilarning kasb-hunarga, bilim olişga qiziqişlari oşişiga zamin yaratadi. Şunday tarzda ularning kelajagi haqida öz oldiga aniq maqsadlar qöyişiga erişişimiz mumkin. Maqsadlar esa öquvçini intilişga, kuraşişga undaydi va loqayd öquvçilar muammosi öz-özidan barham topadi.
Munira ÖROZBOYeVA,
33-maktab amaliyotçi psixologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶