16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:05
Jamiyat 👁 426

TUMAN MADANIYaT MARKAZIDA NAVOIY TAVALLUDINING 579 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

TUMAN MADANIYaT MARKAZIDA NAVOIY TAVALLUDINING 579 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, barcha madaniyat muassasalarida soʻz mulkining sultoni, ulugʻ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi keng nishonlanmoqda. Oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda oʻzbek mumtoz adabiyotining ulugʻ namoyandasi hayoti va ijodi haqida keng soʻz yuritilmoqda, asarlarining xalqchilligi, ulkan  tarbiyaviy ahamiyatga  ega ekanligiga yuqori baho berilmoqda, yoshlar Navoiy asarlarini oʻqib-oʻrganishga daʼvat etilmoqda.

Shu yilning 8-fevralida tuman Madaniyat markazi tomoshalar zalida boʻlib oʻtgan “Gʻazal mulkining sultoni” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham mir Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlandi.

Tadbirda Mangʻit shahrida joylashgan maktablar oʻquvchilari, oʻqituvchilari, shuningdek, boʻlim xodimlari, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchilari, oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni boʻlim mutaxassisi Oybek Begimov ochdi va olib bordi.
Yigʻilganlar dastlab 16-sonli IDUM oʻqituvchisi Sevara Boltaboyevaning Navoiy bobomizning qaynoq ijod jarayoni bilan kechgan hayoti, zamona zayli tufayli chekkan mashaqqatlari, eng muhimi, shunday ogʻir sharoitda hayot kechirsa-da, dunyo ilm-faniga qoʻshgan benazir hissasi haqidagi maʼruzasini tingladilar. Shuningdek, maʼruzada mamlakatimizda yosh avlodni ulugʻ ajdodlarimizning oʻlmas merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, yoshlarning bu boradagi bilimini boyitish va ragʻbatlantirish maqsadida koʻrik-tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy kechalar oʻtkazilayotganligi, xususan,  Alisher Navoiy merosini keng va atroflicha oʻrganish, ularning asarlarida ulugʻlangan gʻoyalar mazmunini xalqimizga yetkazish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi alohida taʼkidlandi.

Shunday soʻng, tuman Madaniyat markazi mutaxassisi Oybek Begimov rejissyorligida 16-,30-,38-,40-sonli maktablar oʻquvchilari ishtirokida Navoiy asarlaridan sahnalashtirilgan koʻrinishlar namoyish etildi. Oʻquvchilarning ulugʻ adib gʻazal, ruboiy va boshqada janrlardagi nazmiy asarlarini yuksak mahorat bilan ifodali oʻqiganlari – ularning shoir ijodiga hurmat-ehtiromining ifodasi boʻldi desak, adashmaymiz.
Tadbir Navoiy sheʼrlari, gʻazallari bilan aytiluvchi musiqiy dastur bilan davom etdi.

Taniqli xonandalar Anvar Xudoyberganov, Murodjon Ibragimov, shuningdek, Farhod Xudoyberganov, Sayfullo Gulmonov, Xursand Shukurullayev va 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari ijro etgan qoʻshiqlar, kuylar barchaga manzur boʻldi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda yigʻilganlar bu sahnalashtirilgan dastur orqali Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati boʻyicha yanada koʻproq maʼlumotga ega boʻlishdi. Ular qalbiga Navoiy ijodi, unga ehtirom tuygʻulari yana ham chuqurroq joylandi, tasavvurlari boyitildi, yana ham teran oʻqib-oʻrganishga ishtiyoq uygʻotdi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026