Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari diqqatiga!
Tuman Statistika boʻlimiga 2019-yilda bajarilgan ish hajmlari toʻgʻrisidagi yillik davlat statistika hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim qilishingizni soʻraymiz.
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar 1-KV yillik statistika hisobotini 2020-yilning 26-fevral sanasigacha;
Paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik, parrandachilik va boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklari esa 1-FX yillik statistika hisobotini 2020-yilning 25-fevral sanasidan kechiktirmasdan oʻz vaqtida taqdim qilishini soʻraymiz.
Davlat statistika hisobot shakli internet tarmogʻi vositasida davlat statistika hisobotlarini elektron koʻrinishda yigʻish avtomatlashtirilgan tizimi eStat 3.0 orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi. eStat 3.0 tizimida mavjud davlat statistika hisobotlarining elektron shakli (shablon)ni Oʻzbekiston Pespublikasi Davlat statistika qoʻmitasining www.stat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Siz taqdim qilgan hisobotlar umumlashgan holda tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarida aks ettiriladi. Shuning uchun davlat statistika hisobotlariga befarq qaramasligingizni soʻraymiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶