16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:50
Jamiyat 👁 250

PROFILAKTIKA KUNI TADBIRLARI XALQIMIZ TINCh-OSOYIShTA YaShAShIGA XIZMAT QILMOQDA

PROFILAKTIKA KUNI TADBIRLARI XALQIMIZ TINCh-OSOYIShTA YaShAShIGA XIZMAT QILMOQDA

Tinch-osoyishta, oʻz oilasi bagʻrida bamaylixotir yashashni kim ham istamaydi, deysiz. Biroq yurtdoshlarimiz orasida nosogʻlom hayot kechirish orqali aholi tinchligiga daxl  qilayotganlar, huquqbuzarliklar sodir etayotganlari ham uchrayotganidan koʻz yuma olmaymiz.

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga koʻra, 2017-yil fevralidan beri haftaning har payshanbasi – Profilaktika kuni deb belgilanganligi sababli, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining kundalik qoidasiga aylandi.  Fuqarolarning muammolari ham kabinetda oʻtirib emas, balki xalq orasida yurib aniqlanib, yechimini topishga harakat qilinmoqda.

Albatta, har qanday kasallikni davolashdan koʻra oldini olish oson boʻlgani kabi jamiyatimizdagi salbiy illatlarni ham erta aniqlash, oldini olish, nosogʻlom hayot kechiruvchilar – ichkilikka yoxud huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni erta aniqlab, ularni foydali mehnatga jalb etish, jamoatchilik eʼtiborini qaratish orqali xulqini yaxshi tomonga oʻzgartirishga harakat qilish – yaxshi samara beradi. Shu maqsadda tumanimizda ham oʻtgan davr mobaynida har haftaning payshanba kuni “Profilaktika kuni” tadbirlari oʻtkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, tuman hududida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga erishilmoqda.

Tuman Ichki ishlar boʻlimida payshanba – Profilaktika kunida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan rahbariyat tomonidan har bir xodimga topshiriqlar berilib, bunda alohida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar haqida tushuntirishlar beriladi.

Joriy hafta 30-yanvar kuni oʻtkazilgan Profilaktika kuni tadbirida Ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori, katta leytenant Dilfuza Sharifova Mangʻit shahrining Doʻstlik va Yangiobod mahallalarida uyma-uy yurish orqali oilalarning yashash sharoitlarini oʻrganib, uchragan mavjud muammolar yuzasidan maslahatlar berdi va tushuntirish ishlarini olib bordi. Bunda u fuqarolar bilan ayni qishning sovuq kunlarida tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, farzandlarining  maktabdan boʻsh vaqtlaridan maqsadli foydalanish lozimligi xususida suhbatlashdi.

Shuningdek, 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida taʼlim  olayotgan oʻquvchilar bilan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, mamlakatimizda har bir yosh avlodning komil insonlar boʻlib voyaga yetishi uchun qaratilayotgan eʼtiborga munosib boʻlish lozimligi xususida suhbat oʻtkazdi. Mobil telefonlardan maqsadli foydalanish, kiyinish madaniyati haqida qiziqarli savol-javoblar boʻldi.

Tungi paytlarda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida Mangʻit shahridagi savdo doʻkonlari, umumiy ovqatlanish shohobchalari jamoat tashkilotlari vakillari bilan nazorat qilinib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Amalga oshirilayotgan buningdek tadbirlar yurtdoshlarimizning tinch-osoyishtaligini taʼminlashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026