Yangi Özbekiston – ham Daryo, Dengiz! (Prezidentning Parlamentga Murojaatnomasini tinglab)
Prezident söz aytdi – eng fidoyi söz:
Taraqqiyot bergay Vatanga pardoz.
Hayotni qilmoq-çun farovon, tökis,
Ilm-u maʼrifatga tikmoq kerak köz
Şundadir saodat va va buyuk rizq-röz!
Dedilar: raqamli iqtisod kerak,
Kerakdir bu yölda mardona yurak.
Şu yöl istiqbolga quvvatdir, kömak,
Korruptsiya uçun ham tösiq, demak,
Şu illat bölmasa, balanddir parvoz!
Axir köp kuzatdik – oşna-oğayni,
Öz-özini qölladi, soyada ğani.
Mansab-u martaba bir meros kabi,
Zanjirli halqada aylanganini,
Oqibat ne dono böldilar töz-töz!
Qalbim huzurlandi bugun. Haqiqat
Lafzi yuragimga bölganda payvand.
Neçun huzurlanmay, uyğotib hayrat,
Har bitta öğil-qiz topsa maʼrifat.
Ahli jahon aro aylagum köz-köz!
Quvonib ketaman, dunyoviy ilm
Sahfalarin oçgan özbegim manim.
Marğinoniy tuzgan huquqiy bilim –
“Hidoya” körsatib hidoyat yölin,
Qomusin yaratdi xalqlar sarafroz!
Noldan önga qadar matematik son,
Xorazmiydan meros eng buyuk irfon.
Yer şarini çizib Amriqo tomon,
Ilk ilmiy yöl oçgan olim-u zamon –
Beruniy haqida aytgim kelar söz!
Söz aytsam, Ibn Sino, Navoiylardan,
Buyuk Mirzo Bobur, Buxoriylardan.
Jaloliddin, Temur ösgan uylardan,
Bir sado keladi ul moziylardan:
- Özbek el aslida tengsizdir, tengsiz!
Şunday salaflarni ulğaytgan Vatan,
Buyuk kelajakka qöymoqda qadam.
Öşal qadamlarga surʼat baxş etgan
Ezgu özgarişdan hayratda Odam –
Yangi Özbekiston – ham Daryo, Dengiz!
Suvlar karvoniday şovullab hamon,
Oqib borayotir dunyoga irfon.
Evrilib navqiron avlodlar tomon,
Qönğiroği aslo tinmagan karvon –
Fozillik taxtida maʼrifat sözsiz!
Jaranglab turibdi qarang, qönğiroq,
Moziydan to bugun öçmagan çiroq.
Uluğ yölga tuşgan Vatanga mayoq –
Ezgu maqsadlarga çorlar qönğiroq
Xalqim istiqbolga egizdir, egiz!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶