Diqqat, eʼlon
Majburiy ijro byurosi tuman bölimi eʼlon qiladi!
Hurmatli tadbirkorlar, korxona va taşkilot rahbarlari!
Har bir yuridik isteʼmolçi isteʼmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gazning sarflanişi töğrisidagi hisobotlarini har oyning 25-sanasiga qadar taʼminotçi korxonalarga taqdim etişlari şart.
Yuridik isteʼmolçilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib beriş yuz foizlik oldindan haq tölaş asosida amalga oşiriladi.
Şartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki hisob-kitoblar öz vaqtida amalga oşirilmagan holatlar aniqlanganda Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bölimi tomonidan bunday isteʼmolçilar elektr energiyasi va gaz tarmoğidan majburiy tarzda ajratiladi.
Tarmoqqa qayta ulaşda isteʼmolçi – yuridik şaxslardan eng kam oylik iş haqining 10 baravari miqdorida tölov undiriladi.
Hozir qiş mavsumi bölganligi sababli, tumanda energiya resurslariga bölgan talab ikki-uç hissaga ortmoqda. Majburiy ijro byurosi tuman bölimi barça isteʼmolçilarni qarzlarni öz vaqtida tölaş madaniyatiga hamda tölov intizomiga qatʼiy rioya qilişini söraydi.
Majburiy ijro byurosi tumanimiz aholisini, korxona-taşkilotlar, muassasalar hamda xöjalik yurituvçi subʼektlarni elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan foydalanganligi uçun yuzaga kelgan qarzni va oldindan tölovlarni öz vaqtida amalga oşirişga çaqiradi.
Tölovlar öz vaqtida yoki oldindan tölansa tarmoqdan ajratiliş, jarima va nizomga muvofiq javobgarlikka tortilişning oldi olinadi.
Majburiy ijro byurosi tuman bölimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶