HARBIY XIZMAT MENI TOBLADI
Vatanga xizmat qilish – voyaga yetgan har bir yigitning orzusi. Menimcha, harbiy libos kiyishni, safda yurish, harbiy qasamyod qabul qilishni orzu qilmagan yigit boʻlmasa kerak. Shaxsan men uchun ona yurt posboni boʻlishdan ham ulugʻroq baxt yoʻq.
Mening hayotimda 2019-yil chuqur iz qoldirdi. Chunki ona Vatanga xizmat qilishdek sharafli burchimni ado etish baxtiga muyassar boʻldim. 2018-yilning 1-martidan 2019-yilning 1-aprel sanasigacha Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy havo kuchlari tarkibidagi harbiy qismlardan birida Vatan oldidagi oʻz xizmat burchimni ado etdim.
Armiya hayotidagi oʻziga xos tartib-intizom, jangovar mashqlar, maʼnaviy-maʼrifiy hamda siyosiy mashgʻulotlar, qismimizda oʻtkaziladigan jismoniy yetuklik boʻyicha harbiy-sport musobaqalarida men nafaqat chiniqib toblandim, balki bilimim ham oshdi. Zamonaviy axborot texnologiyalari, harbiy havo kuchlariga oid eng yangi harbiy texnikalar bilan ishlash sirlarini oʻzlashtirdim, doʻstlar orttirdim.
Ayni kunda tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati idorasida kompyuter mutaxassisi vazifasida ishlayapman. Orzuim – Oʻzbekiston IIB Ichki ishlar Akademiyasiga oʻqishga kirish va xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilishdir.
Hakimjon KAMOLOV, zahiradagi oddiy askar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶