16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:42
Jamiyat 👁 910

Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash, onalik va bolalikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tumanimizda ham bu borada salmoqli ishlar qilinmoqda. 8-yanvar kuni tuman hokimligi majlislar zalida tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining 2019-yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ochdi va olib bordi. Yigʻilishda hamkor tashkilotlar – tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi, tuman bandlikka koʻmaklashish markazi, Oila markazi, tuman tibbiyot birlashmasi bilan birgalikda 2019-yil yakunlari sarhisob qilindi.

Shu oʻrinda alohida taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Xarakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi va “Xotin-qizlarni koʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mamlakatimizda xotin-qizlarga boʻlgan munosabatni yanada yangi bosqichga koʻtardi.

Yigʻilishda kun tartibidagi qator masalalar yuzasidan mutasaddilar soʻzga chiqib, oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Xususan, Oila institutini mustahkamlashda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari bilan oʻzaro hamkorlik yuzasidan mazkur boʻlim mudirasi Sanobar Xolboyeva, Xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida bandlikka koʻmaklashish markazi direktori Alisher Sobirovlar soʻzga chiqib, axborot berib oʻtdi.

Shuningdek, oilaviy ajrimlarning oldini olishda Oila markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oila markazi tuman boʻlimi rahbari Gulshod Yusupova, reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida tuman tibbiyot birlashmasi bosh ginekologi Muhabbat Yusupovalar soʻzga chiqdilar.

Axborotlarda taʼkidlanganidek, xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarning roʻyxatlari shakllantirilib, turli yordamlar koʻrsatildi. “Xotin-qizlarni va oilalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi” tomonidan nogironligi boʻlgan 15 nafar xotin-qizlarga nogironlik aravachalari, 15 nafariga eshitish moslamasi, 15 nafariga hassa va qoʻltiqtayoqlar berildi, 42 nafarining bandligi taʼminlandi hamda 6 nafariga Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan uy-joy summasining 10 foizi boshlangʻich badallari toʻlab berildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish maqsadida 17 nafariga Xotin-qizlar qoʻmitasi tavsiyasi asosida Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan imtiyozli kreditlar berildi.

Ijtimoiy faol xotin-qizlarning roʻyxati mahallalar hamda korxona, tashkilot va muassasalar kesimida shakllantirildi hamda faol xotin-qizlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi yaratildi. Siyosiy partiyalarning aʼzolari orasida xotin-qizlarning ulushini oshirilib, ularning koʻpchiligi 2019-yilda boʻlib oʻtgan saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida faol ishtirok etdilar. Xalq deputatlari tuman kengashi deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlarning 50 foizini xotin-qizlar tashkil qilgan boʻlsa, saylovlar natijasida 9 nafar ayol-qizlar xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati qilib saylandi.

Taʼkidlanganidek, xotin-qizlarning oʻz bilim va professional malakasini, salohiyati va isteʼdodini roʻyobga chiqarishlari uchun ularni ish bilan taʼminlash, kasanachilik, oilaviy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratib berish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Yigʻilishda tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining 2019-yilga moʻljallangan ish rejasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Shuningdek, tadbir davomida jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatib, eng yaxshi natijalarga erishgan, samarali mehnati bilan yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshib kelayotgan tumanimizning faol xotin-qizlari tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Charos Arslonova, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026