Prokuratura xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz!
Mamlakatimizda 8-yanvar – Özbekiston Prokuratura organlari xodimlari kuni sifatida keng nişonlanadi. Özbekiston Respublikasining 2016-yil 19-dekabrdagi Qonuniga muvofiq joriy etilgan uşbu sana munosabati bilan tadbirlar ötkazilişi anʼanaga aylandi. Şu kuni prokuratura organlarida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar bilan uçraşuvlar taşkil etiladi. Mamlakatimizda sohani tubdan isloh qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlarda faol iştirok etayotgan soha xodimlarining xizmatlari ham alohida eʼtiborga olinib, şaraflanadi.
Davlatimiz rahbari Ş.Mirziyoyev asos solgan taraqqiyotimizning yangi bosqiçida jamiyatda adolatni qaror toptiriş, qonuniylikni mustahkamlaş hamda inson huquqlarini himoya qiliş böyiça keng qamrovli va misli körilmagan islohotlar amalga oşirila boşladi. Sönggi yillarda prokuratura organlari faoliyati bilan boğliq 20 ga yaqin qonun, farmon, qaror va farmoyiş qabul qilindi. Qabul qilingan huquqiy hujjatlar natijasida taraqqiyotimizning yangi bosqiçida jamiyatda adolatni qaror toptiriş, qonuniylikni mustahkamlaş hamda inson huquqlarini himoya qiliş böyiça qator amaliy işlar bajarildi.
Taʼkidlaş kerakki, Prezidentimiz tomonidan 2016-yil 19-dekabrda Özbekiston Respublikasining “Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilaş töğrisida”gi Qonuni imzolangani, unga muvofiq, kasbiy bayramning belgilanganligi prokuratura organlari xodimlari bilan birga soha faxriylarining ham quvonçini oşirdi. Ayni paytda prokuratura organlari xodimlari zimmalariga yuklatilgan har qanday vazifani bajarişga vijdonan, sadoqat va yuksak masʼuliyat bilan yondaşmoqda. Şu qatorda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini himoyalaş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda profilaktika qiliş borasidagi işlarni izçillik bilan amalga oşirişmoqda.
Prokuratura xodimlarining faoliyati xalq manfaatlariga xizmat qilişga yönaltirilayotgani quvonarli. Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, prokuratura organlari xodimlarining işi katta masʼuliyat, fidoyilik va halollikni talab qiladi. Zero, qabul qilinayotgan har bir qaror zamirida inson taqdiri turadi. Biz prokuratura xodimlarini kasb bayramlari bilan qutlaymiz va masʼuliyatli işlarida muvaffaqiyat tilaymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶