16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:34
Jamiyat 👁 742

Takroriy ovoz berish oʻtkazildi

Takroriy ovoz berish oʻtkazildi

Barchamizga maʼlumki, joriy yilning 22-dekabr kuni mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtdi. 23-dekabr kuni saylovning dastlabki natijalari eʼlon qilindi. Qonunga muvofiq, nomzodlardan birortasi ham yetarli ovoz toʻplay olmagan saylov okruglarida 2020-yil 5-yanvar kuni takroriy ovoz berish oʻtkazildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, Saylov kodeksiga binoan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida saylov okrugi boʻyicha ikki nafardan ortiq nomzod qoʻyilgan boʻlsa, ammo ulardan hech biri saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan ikki nafar nomzod boʻyicha okrugda takroriy ovoz berishni oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda tegishli saylov komissiyasini hamda okrug saylovchilarini xabardor etadi. Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi. Takroriy ovoz berish asosiy saylovdan keyin ikki hafta muddat ichida oʻtkaziladi. Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.

Ushbu kodeksga koʻra, takroriy ovoz berish asosiy saylovni oʻtkazish uchun tuzilgan oʻsha saylov uchastkalarida va saylovchilarning oʻsha roʻyxatlari boʻyicha oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 25 ta saylov okruglaridagi 1730 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish jarayoni boʻlib oʻtdi.

Markaziy saylov komissiyasi bergan maʼlumotlarga koʻra, ushbu okruglardagi saylovchilar soni jami 3 million 148 ming 921 nafarni tashkil etadi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat kengashlariga saylov oʻtkazuvchi 95 ta saylov okrugidagi 1104 ta saylov uchastkasida hamda Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi 587 ta saylov okrugidagi 1117 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish jarayoni boʻlib oʻtdi.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 2 ta saylov okrugidagi 3 ta saylov uchastkasida boʻlib oʻtgan takroriy ovoz berish jarayonlarida roʻyxatga olingan saylovchilar soni 6827 nafar boʻlib, shundan 4607 nafar saylovchi saylovda ishtirok etdi. Jumladan, 24-Oq oltin saylov okrugida roʻyxatga olingan 4377 nafar saylovchilardan 2922 nafari takroriy ovoz berishda ishtirok etdi. Takroriy ovoz berish natijalariga koʻra, ushbu saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Mahmud Shermetov 2207 ta ovoz oldi, bu jami ovozlarning 75,5 foizini tashkil qilib, u Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga saylandi.

Shuningdek, 2-Chordara saylov okrugida roʻyxatga olingan saylovchilar soni 2450 nafar boʻlib, shundan 1685 nafar saylovchi takroriy ovoz berishda ishtirok etdi. Ushbu saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Muyassar Pahmatullayeva 1068 ta ovoz olib, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga saylandi. Bu esa jami ovozlarning 63,4 foizini tashkil qiladi.

Taʼkidlash kerakki, saylovlarning yakuniy natijalariga koʻra, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 9 nafar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 6 nafar, Xalq demokratik partiyasidan 6 nafar, “Adolat” sotsial-demoratik partiyasidan 5 nafar, Ekologik partiyasidan 4 nafar nomzod saylandi. Deputatlarning 9 nafarini ayollar tashkil etadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026