Sud raisi talabalarga oçiq dars ötdi
Joriy yilning 11-dekabr kuni fuqarolik işlari böyiça Nukus tumanlararo sudi binosida Özbekiston Respublikasi Oliy sudi va Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşining yoşlar masalalari sohasida özaro hamkorlik töğrisidagi memorandumi ijrosini taʼminlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Yerkin Uteniyazov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining huquqşunoslik fakulteti 1-bosqiç talabalariga oçiq dars ötdi.
Oçiq darsda Yerkin Uteniyazov talabalarga mamlakatimizda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi maʼruzasida sud-huquq sohasi böyiça körsatib ötilgan kontseptual takliflarning ahamiyati haqida keng turda tuşunçalar berdi.
Oçiq dars paytida Yerkin Uteniyazov Prezidentimiz maʼruzasidagi “Kelgusi yildan boşlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qiliş tartibi joriy etiladi... Işonamanki, prokuror qarori ustidan sudga murojaat qiliş böyiça rivojlangan demokratik mamlakatlarda amal qiladigan bunday tajribani joriy etiş hayotimizda adolat mezonini mustahkamlaşda ulkan qadam böladi... Sudlarning çinakam mustaqilligini taʼminlaş biz uçun eng ustuvor vazifadir. Ayniqsa, sud biron-bir mansabdor şaxsning qöli yetadigan idoraga aylanib qolişiga mutlaqo yöl qöymaslik şart. Şu sababli sud işlariga aralaşgani yoki sudga bosim ötkazgani uçun javobgarlikni kuçaytiriş lozim” degan jumlalar böyiça aniq tuşunçalar berdi.
Huquqşunos Yerkin Uteniyazov oçiq dars davomida talabalarga öz sohalarida qaysi yönalişni tanlaşlari, tanlagan kasbi böyiça sohadagi özgarişlardan doimo xabardor bölişlari, öz ustlarida tinmay işlab, huquqiy ong va madaniyati, bilimlari va kasbiy masʼuliyatini muntazam oşirib borişlari lozimligi haqida maslahatlar berdi va ularga öz hayotiy va kasbiy tajribalari haqida gapirdi.
Oçiq dars yakunida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştiriş hamda sud jarayoni yuzasidan amaliy könikmalarini şakllantiriş maqsadida ularga fuqarolik işlari böyiça Nukus tumanlararo sudining oçiq sud majlisida iştirok etişlariga şaroit yaratib berildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶