16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 18:20
Jamiyat 👁 503

“MADHIYaMIZNI KUYLAYMIZ” TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

“MADHIYaMIZNI KUYLAYMIZ” TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

Davlat madhiyasi – xalq orzu-umidlari, kuch-qudratini oʻzida mujassam etgan. Xalq va millat yuragiga yozilgan qoʻshiq. Unda erk, hurlik, adolat va baxt-saodat tarannum etiladi. Madhiya yangragan lahzalarda qalblarda vatanparvarlik, elparvarlik, kindik qoni tomgan tuproqqa cheksiz mehr-muhabbat tuygʻulari yanada joʻsh uradi. Xalq bilan Vatanning mangu jipsligi namoyon boʻladi.

Bundan 27-yil muqaddam Mustaqil Oʻzbekiston xalqi tarixida dillarda kelajakka ishonch, oldinga tashlanayotgan har bir qadamga kuch-qudrat baxsh etuvchi quvonchli, tarixiy voqea yuz berdi. 1992-yil 10-dekabrda Mustaqil Oʻzbekistonning davlat madhiyasi qabul qilindi. Mutavakkil Burxonov musiqasi, Abdulla Oripoa sheʼri bilan ilk marta jaranglagan davlat madhiyasi 27-yildirki, dunyoning barcha qitʼalarida qayta-qayta yangramoqda. Ilmda, sanʼat va sportda yuksak natijalarni qoʻlga kiritayotgan Oʻzbekiston yoshlarining kuch-qudrati, barkamolligi sharafiga yangrayotgan madhiyamiz orqali oʻzbek xalqi bugun jahonda oʻz nufuziga ega xalq va millat sifatida tanilib ulgurdi.

Oʻtgan haftada tumanimizdagi oʻquv muassasalarida va jamoat tashkilotlarida, madaniyat hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Oʻzbekiston davlat madhiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy tadbirlar boʻlib oʻtdi.

10-dekabr  kuni 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan “Madhiyamizni kuylaymiz” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirda maktab oʻqituvchilari va oʻquvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Milliy gʻoya, vatan tuygʻusi va odobnoma fanlar oyligi doirasida oʻtkazilgan mazkur tadbirda maktabning uslub birlashma rahbari Goʻzal Gʻaipova, Milliy gʻoya fani oʻqituvchisi Xosiyat Qutimova, huquq fani oʻqituvchisi Adolat Davekova hamda tarix fani oʻqituvchisi Maʼrifat Rajabovalar Oʻzbekiston davlat madhiyasining  yaratilish tarixi va uning xalqimiz hayotida tutgan oʻrni haqida oʻquvchi-yoshlarga batafsil maʼlumot berdilar.

Tadbirning badiiy qismida Oʻzbekiston madhiyasi yangrab, oʻquvchi-yoshlar madhiya ohanglariga joʻr boʻlib kuyladilar. Madhiyamizni madh etuvchi sheʼrlar aytilib, qoʻshiq va raqslar ijro etildi.

Milliy gʻoya, vatan tuygʻusi va odobnoma fanlar oyligi doirasida oʻtkazilgan ushbu tadbir oʻquvchi-yoshlar qalbida ona yurtga cheksiz mehr-muhabbat, oʻzaro mehr-oqibat, xalqparvarlik, milliy gʻurur tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026