Qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezoni
Ona Vatanimiz hayotidagi eng uluğ va eng qutluğ sanalardan biri bölgan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 27 yilligi yurtimizda keng nişonlandi.
Kuni keça uşbu muhim tarixiy sana munosabati bilan ötkazilgan tantanali yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning maʼruzasini televideniye orqali zör qiziqiş va katta hayajon bilan kördim va tingladim.
Tantanali marosimda muhtaram Prezidentimiz “Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki özlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni ham adolat bilan, xolis körib çiqişlari lozim. Şaxar va qişloqlarimiz qiyofasini özgartiriş, quriliş va obodonçilikka oid qarorlar, dastlab öşa xududdagi aholi örtasida muhokama qilinib, jamoatçilik ekspertizasidan ötkazilişi şart” deya alohida taʼkidlab ötdilar.
Şu bilan birgalikda “jamoatçilik nazorati – bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning özini özi boşqariş usuli, boşqaça aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirişning muhim omillaridan biridir”, degan sözlari bizning öz faoliyatimizni sifat jixatidan yana bir pağona balandga kötariş, jamoatçilik nazoratini örnatişda odillik, tenglik, maʼsuliyat va javobgarlik tamoyillariga qatʼiy amal qiliş maʼsuliyatini zimmamizga yuklaydi. Çunki fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatining huquqiy asoslari mustaxkamlanib borar ekan, jamoatçilik nazorati bilan boğliq faoliyati ham kengayib bormoqda.
Mamlakatimiz juda tez va jadal rivojlanib borayotgan bir paytda butun jamoatçilikni uyğotiş va fuqarolarning faolligini oşirişda mahallaning örni va roli katta. Mahalla har bir oila va har bir inson qalbiga yöl topa olişi va har bir oilaga kirib borişiga esa şak-şubha yöq. Inson dunyoga kelişidan boşlab to sönggi yölga kuzatilgungaça bölgan hayoti mahalla-köy bilan çambarças boğliqligi - bu hayotiy haqiqat.
Prezidentimizning maʼruzalarida közda tutilgan ustuvor vazifalarni bajarişda mahalla fuqarolar yiğinlari keng kölamdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oşirmoği, ğoyaviy tahdidlarning oldini olişi va bu tahdidlarning ezgu fazilatlar va milliy qadriyatlarimizga rahna solmasligi uçun kuraşişi, oilaviy ajrimlar va jinoyatçilik, xuquqbuzarliklarinng oldini oliş eng dolzarb vazifa bölib qolaveradi.
Zebogul Rajabova,
“Yangiobod” MFY raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶