Uçastkalar saylovga tayyor!
Mamlakatimiz muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşlariga saylovlar bölib ötadigan sana tobora yaqinlaşmoqda.
Aytiş mumkinki, saylovlar mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning dastur va rejalari neçoğlik hayotiyligini, qolaversa, yurtdoşlarimizning amalga oşirilayotgan demokratik islohotlarga haqqoniy munosabatini ham körsatib beradi. Har bir saylovçining huquq va burçlarini çuqur anglagan holda bu siyosiy jarayonda faol iştirok etişi saylovlarning qonuniy asosda ötişini taʼminlaydi.
Şu boisdan ham tumanimizda taşkil etilgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylov ötkazuvçi okrug va uçastka saylov komissiyalari tomonidan tarğibot-taşviqot işlari munatazam olib borilayapti.
Çoyköl Madaniyat markazi binosida joylaşgan 127-sonli uçastka saylov komissiyasi tarkibi 11 kişidan iborat. Komissiya aʼzolari hududdagi 1 ming 401 nafar saylovçilar bilan muntazam iş olib borişmoqda. Xonadonma-xonadon yurib, aholi xatlovdan ötkazildi va ularning yagona elektron röyxati şakllantirildi. Komissiyaning har bir aʼzosi öziga biriktirilgan hududdagi saylovçilarni saylov qonunçiligimizdagi yangiliklar bilan taniştirib, saylov kunida özlarining eng munosib deb bilgan nomzodlariga ovoz berişi ularning fuqarolik burçi ekanligini tuşuntirdilar.
Hozir saylov uçastkasida tayyorgarlik jarayoni qizğin pallaga kirgan. Binoda saylov jarayonini ötkaziş uçun barça şaroitlar yaratilgan. Ovoz beriş kabinalari, qutisi, siyosiy partiyalar kuzatuvçilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari uçun joy hozirlangan. Uçastkada tibbiyot xonasi ham taşkil etilgan. Saylovga doir tarğibot materiallari joy olgan burçakka deputatlikka nomzodlarning plakatlari ham örnatilgan.
86-sonli uçastka saylov komissiyasi 82-sonli maktab binosida joylaşgan. Mazkur binoda saylovlar kunida 2 ming 150 nafar saylovçilar özlarining munosib nomzodlari uçun ovoz berişadi. Uşbu jarayonni tartibli, haqqoniy, saylovçilar faolligida ötkaziş uçun puxta tayyorgarlik körildi. Saylov uçastkasi saylov qonunçiligimizga oid materiallar, uçastka saylov komissiyasi faoliyati töğrisida axborot beruvçi stendlar bilan bezatilgan. Binoda saylovçilarning ovoz beriş kabinalari, saylov qutisi, siyosiy partiyalar kuzatuvçilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari uçun barça şaroitlar yaratilgan.
Saylov uçastkasi hududidagi aholining yagona elektron röyxati şakllantirilib, ular bilan muntazam iş olib borilayapti.
Uçastka saylov komissiyasi aʼzolarining unumli işlaş uçun barça şaroitlar yaratilgan. Saylovçilarning huquqiy bilimlarini oşiriş maqsadida 15 nafar komissiya aʼzolari tinimsiz iş olib borişayapti. Har kuni uçastkaga kelib saylovlarga doir savollar bilan murojaat qilayotganlar ham köpçilikni taşkil qiladi.
2019-yil 22-dekabr. Ötayotgan daqiqalar bizni uşbu sanaga – Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylovlar kuniga tobora yaqinlaştirmoqda.
Xalqimiz ovoz beriş jarayonida yangi qabul qilingan saylov Kodeksiga muvofiq jamoatçilik nazorati, oçiqlik va oşkoralik taʼminlanişiga işonadi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶