ONA TILI FANIDAN BELLAShUV OʻTKAZILDI
55-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Til - maʼnaviyat koʻzgusi” nomli tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Bahrom Hikmatullayev ochdi va oʻquvchilarni ona tilimizning 30-yillik bayrami bilan tabrikladi va maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Nodira Oʻrozboyeva, Oybek Karimov tadbirni koʻtarinki ruhda olib bordilar.
Ona tili fani oʻqituvchisi Nasiba Yusupova oʻquvchilarga A.Yassaviy hikmatlari, Yorqinoy Ahmedova esa A.Navoiyning “Xamsa” dostoni va Boburning “Boburnoma” asari toʻgʻrisida maʼlumotlar berdilar.
Tadbirda 10-sinf oʻquvchilaridan iborat “Tilshunoslar”, 11-sinflar oʻquvchilarining “Adabiyotshunoslar” guruhlari ona tili boʻyicha bellashib, oʻz bilimlarini namoyish etdilar.
Albatta, bunda ishtirokchilarning sof oʻzbek tilida soʻzlashlari, imlo qoidalariga va nutq madaniyatiga qay darajada rioya qilishlariga alohida eʼtibor berildi.
Tadbir yakunida faol oʻquvchilarga maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar berildi.
Zuhra AHMEDOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶