Til bayramiga bagʻishlangan katta tadbir oʻtkazildi
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30-yil toʻlishi munosabati bilan barcha hududlarda keng miqyosdagi bayram tadbirlari oʻtkazildi. Tumanimizda ham shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirlar va ushbu sananing bundan buyon yurtimizda «Oʻzbek tili bayrami kuni» sifatida nishonlanishi har birimizga bayramona kayfiyat ulashdi.
13-sonli maktabda ham “Til – bebaho xazina” mavzusida katta tadbir oʻtkazildi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar oʻz ona tilimiz imkoniyatlaridan oʻrinli foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili oʻzbek tilidir”deb belgilab qoʻyilganligi toʻgʻrisida soʻz yuritdilar.
Tadbir davomida maktabning kichik sinf oʻquvchilari ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlarni ifodali yod aytdilar, Vatan haqida qoʻshiqlar kuylab, raqslar ijro etdilar. Maktabning 8-sinf oʻquvchilaridan L.Otajonov, F.Toʻliboyev, M.Rahimova, T.Bekjanova, Sh.Oʻrinboyeva, H.Yangiboyevalar xalq ogʻzaki ijodining durdona asari boʻlgan “Kuntugʻmish” dostonidan sahna koʻrinishi namoyish etdilar. Shuningdek, 9-sinf oʻquvchilari ham oʻzlari tayyorlagan sahna koʻrinishi orqali ayrim yoshlarning tilimizga munosabatini, koʻcha-koʻyda, maktabda muomala madaniyatiga amal qilmasdan, oʻz ona tili qolib, boshqa tillarda gaplashishlari, oqibatda tengdoshlari oldida uyalib qolayotganligini koʻrsatib berdilar.
Tadbir yakunida oʻzbek tili va adabiyot fani oyligi munosabati bilan ”Kim koʻp maqol biladi?”, “Kim koʻp ertak biladi?”, “Tez aytishni tez-tez ayt”, “Oʻzbek tilim – iftixorim” mavzularida oʻtkazilgan insholar tanlovida faol ishtirok etgan oʻquvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.
Qiziqarli va mazmunli oʻtgan tadbir oʻqituvchi va oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Aziza Ahmedova, 13-sonli maktabning
oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶