TILNING QUDPATI
Dunyodagi har bir insonning oʻz tili yaʼni ona tili boʻladi. Bu tilni insonlar ilk bor onalarining allalarida eshita boshlaydi. Kundan kun katta boʻladi, ona tilida soʻzlay boshlaydi. Xoʻsh, nega biz “Ona” soʻzi bilan qoʻshib aytamiz. Chunki yuqorida aytganimizdek shu tildagi ilk soʻzlarni biz onamiz orqali taniy boshlaymiz va onamizning tilida soʻzlashga tushamiz. Onalar esa dunyodagi eng aziz, moʻʼtabar, biz uchun hech narsaga qiyosi yoʻq inson. Bir tomondan qaraganda, tilimizning ham ona kabi azizligiga nisbat berilgan boʻlishi mumkin.
Dunyoda koʻplab tillar bor. Ularning har birining shakllanish davri, oʻz bosib oʻtgan yoʻli boʻladi. Bizning ona tilimiz ham mana shunday kata mashaqqatli yoʻldan chiqib, bugun ravon va soz yoʻllar sari odimlamoqda. Lekin shungacha koʻplab sinovlarga duch keldi, koʻplab toʻsiqlardan oʻtdi. Mevasi esa 1989 – yilda Davlat tili maqomi berilishi boʻldi. Albatta bu katta voqeadir. Sababi bizning asrlar davomidagi orzularimiz ushaldi. Sababi hech bir inson oʻz tilini anglamay, bilmay turib oʻzga tillarni mukammal darajada bilolmaydi bundan koʻrinib turibdiki yoshlarimiz avval oʻz tillarini oʻrganib, keyin oʻsha chet tillari yaʼni ingliz, nemis, fransuz, rus, koreys, xitoy va boshqa tillarni oʻrganishga kirishadi. Bularning quvonchli tomoni shundaki, oʻzbek farzandi faqat oʻz tilida balki oʻzga tillarda ham ravon va toʻgʻri soʻzlaydi. Bu albatta bizning yutugʻimizdir. Oldinlari chet tillarini sanoqli odamlar bilardi, bugun oʻzbek tili orqali yurtimizda koʻplab yoshlar bir necha tillarni mukammal oʻzlashtirgan. Buni koʻrib esa koʻz quvonadi. Oʻz tilingning qudrati mana shunday namoyon boʻladi.
Dinora KAPIMBOYeVA, NDPI talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶